1.4-misol.Statistika muammolarning asosiy unsurlari – teletomoshabinlarning yoshi Variety (2009 yil 27 avgust) ma’lumotlariga ko’ra, CBS, NBC, ABC kanallaridan uzatiladigan televizion
dasturlarda tomoshabinlarning o’rtacha yoshi 51 yilni tashkil etgan. Faraz qilaylik, raqobat qiluvchi tarmoq (masalan,
Fox) rahbariyati Fox tomoshabinlarining o’rtacha yoshi 51 yildan kichik degan taxminni keltirmoqda. O’zlarining
taxminini tekshirish maqsadida, ular Foxning 200ta tomoshabinlaridan tanlanma tashkil etadi va har birining yoshini
aniqlaydi.
a. Bosh to’plamni tavsiflang;
b. Qiziqtirgan o’zgaruvchilarni tasvirlang;
v. Tanlamani tavsiflang;
g. Xulosani bayon qiling.
1.5-misol. Statistika muammolarning asosiy unsurlari – Pepsi Kola-Kolaga qarshi “Kolalar jangi”Koka-Kola va Pepsi o’rtasidagi qizg’in raqobatni marketing kompaniyalarida namoyish etilayotgan
keng tarqalgan ibora hisoblanadi. Faraz qilaylik, Pepsi marketing kampaniyasi doirasida, 1000 ta kola iste’molchilari
ko’r-ko’rona test topshiradi (masalan, ta’mini bilish uchun test, bunda ikkita brend niqoblanadi). Har bir iste’molchidan A
brendning yoki B brendning afzalligini ko’rsatish so’raladi.
a. Bosh to’plamni tavsiflang;
b. Qiziqtirgan o’zgaruvchilarni tasvirlang;
v. Tanlamani tavsiflang;
g. Xulosani bayon qiling.
1.6-misol.Xulosaning ishonchliligi – Pepsi Kola-Kolaga qarshi 1.2-misolga qarasangiz, unda 1000 ta kola iste’molchilarining ta’mi aniqlash testining afzalliklari ko’rsatilgan.
Qanday qilib mintaqadagi Pepsi marketingida barcha kola iste’molchilarining afzalligi to’g’risidagi xulosaning
ishonchliligini o’lchash mumkinligini tasvirlab bering.
1.7-misol. Ma’lumot tiplari – Armiya muhandislari korpusi daryo ifloslanishini o’rganmoqda Kimyo va sanoat korxonalari ko’pincha yaqin daryo va soylarga DDT kabi zaharli chiqindilarni tashlamoqda. Bu
zaharli chiqindilar daryo va daryo qirg’og’ida yashayotgan o’simliklar va hayvonlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin. AQSh
armiyasining muhandislari korpusi Tennessi daryosidagi (Alabama shtati) va uning uchta shoxchasi: Flint Creek,
Limestone Creek va Spring Creek Flint lardagi baliqlarni o’rganishdi. Jami 144 baliq qo’lga olindi va quyidagi
o’zgaruvchilar ularning har biri uchun o’lchandi: