a. Ma’lumotlar qatorining o’rtachasini toping va tushuntiring. Agar tanlanma to’plamdagi eng katta chuqurlik
ko’rsatkichi ikki marta orttirilsa, o’rtacha qanday o’zgaradi? U ortadimi yoki kamayadimi?
b. Ma’lumotlar qatorining medianasini toping va tushuntiring. Agar tanlanma to’plamdagi eng katta chuqurlik
ko’rsatkichi ikki marta orttirilsa, mediana qanday o’zgaradi? U ortadimi yoki kamayadimi?
c. E’tibor bering bir martadan ortiq takrorlanadigan birorta ham ko’rsatkich yo’q. Bu modaga qanday ta’sir
ko’rsatadi?
10. Sakkizinchi sinf o’quvchilarining matematikadan baholari. Ta’lim statistikasi uchun Milliy markaz
(2009) ma’lumotlarga muvofiq, AQShning sakkizinchi sinf o’quvchilarining matematikadan baholash testi natijalari
o’rtacha miqdori 283, 25-protsentili 259, 75-protsentili 308, 90-protsentili 329 ga teng. Har bir tasviriy statistikalarga
izoh bering.
11. Politsiya tomonidan to’xtatilgan haydovchilar. Adolat Statistika Byurosi ma’lumotlariga ko’ra, politsiya
tomonidan to’xtatiladigan xaydovchilik guvohnomasiga ega haydovchilarning 74% 25 va undan yuqori yoshda. Politsiya
tomonidan to’xtatiladigan xaydovchilik guvohnomasiga ega haydovchilarning barcha yoshlari bo’yicha taqsimotida 25
yoshlilar protsentilini aniqlang.
12. Sayohat kemalarning sanitar tekshiruvi. Sanitar darajalari bo’yicha sayohat kemalari berilgan.
Nautilius Explorerning 74 ballik tizimi uchun nisbiy holat o’lchovini aniqlang. Natijalarni talqin qiling.
Rotterdamning 92 ballik tizimi uchun nisbiy holat o’lchovini aniqlang. Natijalarni talqin qiling.