Oliy matematika, statistika va ekonometrika


-mavzu. Tasviriy statistika ko’rsatkichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   237
statistika

 
4-mavzu. Tasviriy statistika ko’rsatkichlari 
Statistik ko’rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati. Statistik ko’rsatkichlarning atributlari: sifat tomonga egaligi
miqdor tomonga egaligi, makon va zamonda uzil-kesil chegaralanganligi. 
Statistik ko’rsatkichlar tasniflari va turlari. Mutlaq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlar. Hajm va sifat ko’rsatkichlari. 
Momentli va intervalli ko’rsatkichlar. Statistik ko’rsatkichlarning ifodalanish shakllari. Nisbiy miqdorlarning turlari: reja 
(shartnoma) topshirig’i, reja bajarilishi, dinamika; tuzilmaviy, koordinatsiya, taqqoslash va intensivlik nisbiy miqdorlari. 
Nisbiy ko’rsatkichlar turlari o’rtasidagi bog’lanishlar. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik o’rganishda mutlaq va nisbiy 
ko’rsatkichlarni birgalikda (kompleks) qo’llash zarurligi. 
Markaziy tendentsiya ko’rsatkichlari va ularning tasnifi. Analitik o’rtachalarning turlari: arifmetik, gormonik
geometrik, kvadratik, kubik o’rtachalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda o’rtachalarni qo’llash masalalari. O’rtacha arifmetik xossalari. O’rtacha arifmetikni 
“shartli moment” usuli yordamida hisoblash.
Tuzilmaviy o’rtachalar turlari va ulardan statistik tadqiqotlarda foydalanish. Mediana mohiyati va uni taqsimot 
qatorlarida hisoblash tartibi. Mediana xossasi va uni qo’llash masalasi. Moda va mediana intervalli variatsion qatorlarda 
hisoblash. Nisbiy joylashuvning miqdoriy o’lchovlar: kvartil; kvintil; detsil; pertsentil. Moda mohiyati va uni taqsimot 
qatorlarida hisoblash tartibi. Ma’lumotlar qatori assimmetriyasi. O’rtacha miqdor, moda va medianani taqqoslash orqali 
assimmetriyasini aniqlash. 
 
5-mavzu. Statistikada variatsiyani baholash usullari va dispersion tahlil asoslari 
To’plam birliklari variatsiyasi (tafovuti) va uni statistik o’rganish zaruriyati. Variatsiyaning miqdoriy o’lchovlari: 
variatsion kenglik, bosh to’plam dispersiyasi va standart chetlanishi, tanlama to’plam dispersiyasi va standart chetlanishi, 
variatsiya koeffitsientlari. Standart chetlanishni talqin qilish: Chebishev qoidasi, empirik qoida.
Dispersiya va standart chetlanish xossalari va ulardan foydalanish. Dispersiya va standart chetlanishni “shartli 
moment” va “yig’indi” usullarida hisoblash tartibi. Muqobil belgi dispersiyasi.
Chetki hadlar to’g’risida tushuncha. Chetki hadlarni aniqlash metodlari: quti shaklidagi diagrammalar va z-
darajalar.
Guruhlar ichidagi va guruhlararo dispersiyalar. Dispersiyalarni qo’shish qoidasi va uni ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar 
o’rtasidagi bog’lanishlarni o’rganishda qo’llash. Empirik korrelyatsion munosabat. Determinatsiya koeffitsienti. 


188 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin