Statistikaning ilm-fan va
ishlab chiqarishdagi o’rni iqtisodiyot istiqbolini belgilash asosini yaratish hamda
mamlakat iqtisodiy siyosatini xaqqoniy statistik axborotlar bilan ta’minlashdan iborat.
Statistika idoralari tomonidan statistikada yuz berayotgan o’zgarishlar monitoringini va mamlakat ijtimoiy
rivojlanish ko’rsatkichlari va axborotlari bilan ta’minlashda statistik usullardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
II. O’quv fanning maqsadi va vazifasi Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda statistika nazariyasi metodi va amaliyoti sohasida chuqur kasbiy bilimlar
va zaruriy o’quv malakasini shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarda: statistika predmeti va metodi, uning ahamiyati va roli haqida chuqur bilimga va
tasavvurga ega bo’lish; statistikaning nazariy, uslubiy va amaliy masalalarini har taralaflama o’rganish; O’zbekistonda
davlat statistikasining tashkil etilishi, uning “Davlat statistikasi haqida” gi Qonunidan kelib chiqadigan vazifalari va
huquqlarini bilish; statistik kuzatish mohiyati turlari, dastur – uslubiy va tashkiliy masalalarini o’rganish; statistik
kuzatish ma’lumotlarini svodkalash va guruhlash hamda uning natijalarini statistik jadvallarda ifodalay olish; taqsimot
qatorlarini tuzish va tahlil qilish usullarini egallash; statistik ko’rsatkichlar, ularning turlari va shakllari taqqoslash
yo’llari, makro va mikro iqtisodiy ko’rsatkichlar haqida chuqur tasavvurga ega bo’lish; tanlama kuzatishning mohiyati,
nazariy va amaliy masalalari, tanlamaning reprezentativliligini baholash yo’llarini bilish, ilmiy va tajribaviy gepotezalarni
statistik tekshirish va echimlarini olish usullarini egallash; bozor hodisalari o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarini
ochish uchun korrelyatsion-regression tahlilni qo’llay olish, dinamika qatorlarini tuzish va tahlil qilish uslubiyatini bilish;
statistika amaliyotida qo’llaniladigan iqtisodiy indekslarni hisoblash to’g’risida tasavvurga ega bo’lishni ta’minlash,
hamda ular asosida xulosalar chiqarish bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
Mazkur fan bo’yicha talaba:
-
statistik masalalarni echish masalalar ustida statistik kuzatish tashkil etish;
-
statistik jadval va grafiklarni tushunarli qilib tuzish;
-
turli statistik adabiyotlardan foydalanib ma’ruzalar tayyorlash;
-
guruhlash turlari, statistik tasniflash va uning o’ziga xos xususiyatlarini talqin qilish haqida