Oliy matematika, statistika va ekonometrika


-mavzu. Statistik ma’lumotlarni to’plash nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   237
statistika

2-mavzu. Statistik ma’lumotlarni to’plash nazariyasi va amaliyoti 
Statistik kuzatish-statistik tadqiqotning dastlabki bosqichidir. Statistik kuzatish tushunchasi, mohiyati va 
ahamiyati. Statistik kuzatishning asosiy tamoyillari.
Statistik kuzatish rejasining dasturiy–uslubiy va tashkiliy masalalari:kuzatish ob’ekti va birligi, kuzatish dasturi, 
kuzatish formulyari va yo’riqnomasi, organi, kuzatish joyi, kuzatish vaqti va muddati. Statistik kuzatish shakllari, turlari, 
usullari va ularning o’ziga xos jihatlari. Statistik hisobot, registr va maxsus tashkil qilingan statistik tekshirishlar. 
Yoppasiga va qisman kuzatish, uzluksiz(joriy) va uzlukli kuzatish, muntazam va bir yo’lakay kuzatish. Bevosita va 
hujjatli kuzatish, so’rovnoma. O’zbekiston Respublikasida statistik kuzatishni tashkil etish hamda uning tarkibiy qismlari 
vazifalari. 
Statistik kuzatish xatosi va uning turlari. Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va tekshirish 
usullari.
Statistik jamlash (svodkalash) - statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichidir. Statistikada jamlash va guruhlashning 
mohiyati va vazifalari. Statistik guruhlash usuli, uning ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni o’rganishda ahamiyati. 
Guruhlash turlari: oddiy va murakkab (ko’p o’lchovli) guruhlash, tipologik, tuzilmaviy (strukturaviy) va analitik 
guruhlashlar. Guruhlarni tuzish printsiplari (qoidalari). Guruhlash belgisi. Guruhlar soni va oralig’i. Guruhlash usuli 
yordamida echiladigan masalalar 
Taqsimot qatorlarining mohiyati, tarkibiy unsurlari va turlari. Atributiv variatsion, diskret va oraliqli 
qatorlar.Variatsion qatorlarni tuzish masalasi.
 
3-mavzu. Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash 
Statistik jadvallarning mohiyati, ahamiyati. Tuzish qoidalari. Statistik jadval turlari. Oddiy, guruhiy va 
kombinatsion jadvallar. Statistik jadvallarni o’qish va tahlil qilish usullari. Statistik grafiklar tushunchasi, turlari, 
ahamiyati va tuzish qoidalari.
Statistik grafiklar to’g’risida tushuncha. Grafiklarning tarkibiy unsurlari: masshtab, shkala va koordinatalar tizimi. 
Sifat belgiga ega bo’lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash. Ustunli grafik, doiraviy diagramma, Pareto diagrammasi. 
Miqdor belgiga ega bo’lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash. Nuqtali grafik, band va barg grafigi, gistogramma. O’zaro 
bog’lanishlarni grafikda aks ettirish. Variatsion qatorlarni tasvirlovchi grafiklarning turlari: poligon, gistogramma, 
kumulyata, ogiva. Tasviriy statistikada haqiqatning buzib ko’rsatilishi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin