Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   237
statistika

 
 
2- MODUL. IJTIMOIY IQTISODIYOT STATISTIKASI 
4 -mavzu. Aholi statistikasi 
 
Aholi soni va tarkibi statistikasi. Aholi kategoriyalari:doimiy va mavjud aholi, vaqtincha 
yashovchilar va vaqtincha yoʻqlar. Doimiy va mavjud aholi oʻrtasidagi bogʻliqlik. Aholini jins-yoshi 
boʻyicha piramidasi. Aholi tabiiy harakati koʻrsatkichlari: umumiy, xususiy va maxsus koʻrsatkichlar. 
Aholining mexanik harakati koʻrsatkichlari. 
Aholining demografik yuklama koʻrsatkichlari. Aholining kelajakdagi sonini prognozlash. 
Aholining istiqboldagi sonini hisoblash global va yoshini siljtish usullari yordamida hisoblash. 
Dunyo aholi dinamikasi va istiqboldagi sonini prognozlash. 
5 -mavzu. Mehnat bozori statistikasi 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori statistikasining vazifalari va uni statistik 
oʻrganishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. 
Mehnat resurslari tushunchasi va uning sonini aniqlash. Mehnat resurslari balansi va uning 
ahamiyati. 
Iqtisodiy faol va nofaol aholi tushunchasi hamda ularning tarkibi. Ish bilan band aholi va 
ishsizlik statistikasi koʻrsatkichlari. Aholining bandlik holati boʻyicha tasnifi. Ish bilan band aholi 
soni va tarkibi koʻrsatkichlari.Ishsizlik shakllari, turlari va darajasi. Ishsizlik darajasi dinamikasini 
statistik oʻrganish. 
Xodimlar statistikasi koʻrsatkichlari. Ishchi kuchi harakati koʻrsatkichlari. Ish vaqti fondlari va 
ulardan foydalanish koeffitsientlari. Ishchi kuchi va ish vaqti fondi balanslari.
Mehnat unumdorligi toʻgʻrisida tushuncha va uni statistik oʻrganishning ahamiyati. Mehnat 
unumdorligining darajasi va dinamikasini aniqlash koʻrsatkichlari. 
 
6 -mavzu. Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar tizimi 


201 
 
Milliy hisobchilik tushunchasi va uning yuzaga kelish tarixi. Xalq xoʻjaligi balansi (XXB) 
va milliy hisoblar tizimi (MHT) oʻrtasidagi farqlari va oʻxshashliklari. MHTni yuritish zaruriyati. 
MHT schyotlari tizimi tarkibi, ularni tuzishning umumiy qoidalari. Institutsional sektorlar va 
MHT. 
Makroiqtisodiy tahlillarda MHTdan foydalanish. 
YaIM – mamlakatning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichi ekanligi. Milliy hisoblar tizimida 
ishlab chiqarish sohasini chegaralash. Ishlab chiqarish hajmini aniqlash printsiplari (qoidalari) va 
baholash turlari: omil, asosiy, ishlab chiqaruvchi va xaridor baholari. YaIM hajmini hisoblash 
usullari. YaIM hajmini ishlab chiqarish usulida hisoblash. YaIM hajmini daromadlarni taqsimlash 
usulida hisoblash. YaIM hajmini pirovard foydalanish usulida hisoblash. Nominal va real yalpi ichki 
mahsulot tushunchasi. YaIM hajmini oʻzgarmas (solishtirma) baholarda hisoblash usullari. YaIMning 
deflyatori. Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning oʻziga xos xususiyatlari. 
Daromadlar toʻgʻrisida umumiy kontseptsiyalar va MHTdagi daromad koʻrsatkichlari. Dj 
Xinsning daromad haqidagi ta’limoti. Yangi MHTda Dj Xiksning ta’limotiga kiritilgan aniqliklar. 
Nominal va real daromal.
Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi. Yalpi milliy 
daromad, sof milliy ixtiyordagi daromad, yalpi milliy jamgʻarma, sof milliy jamgʻarma 
koʻrsatkichlari statistikasi . 
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni xalqaro taqqoslash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin