8-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat, uning tarixi va asosiy yoʻnalishlari hamda mamlakat iqtisodiyoti
taraqqiyotidagi roli. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi metodologiyasi va uning vazifalari. Tashqi
iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi koʻrsatkichlar.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning makroiqtisodiy statistikada yoritilishi. Import va eksport turlari.
Import va eksport hisoblarida qoʻllaniladigan baholar. Tashqi savdo statistikasida indekslar usuli.
Toʻlov balansi tushunchasi. Toʻlov balansining asosiy kontseptsiyalari va uni statistik
oʻrganishning ahamiyati. Toʻlov balansining klassifikatsiyasi va xalqaro investitsion yondashuv.
Toʻlov balansining saldo kontseptsiyasi.
Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi.
9 -mavzu. Aholi turmush darajasi statistikasi Aholi turmush darajasi tushunchasi. Aholi turmush darajasini tavsiflovchi koʻrsatkichlar
tizimi. Aholi turmush darajasining sifat koʻrsatkichlari. Aholi daromadlari va xarajatlari balansi.
Aholining daromadlari boʻyicha tabaqalanishi. Djini koeffitsienti. Lorents egri chizigʻi.
Qashshoqlik statistikasi koʻrsatkichlari. Aholi potentsiali taraqqiyoti indekslari, xalqaro
taqqoslashlarda uning ahamiyati va mohiyati hamda hisoblashning zamonaviy usullari.
2. Fanning amaliy mashg`ulotlari mazmuni 1- MODUL. STATISTIKANING UMUMIY NAZARIYASI 1-mavzu. Statistikaga kirish Statistika to’g’risida tushuncha. Statistika fani predmeti va uning o’ziga xos xususiyatlari.
Statistika predmeti to’g’risida ilmiy- amaliy bahslar .
Statistika fanining asosiy unsurlari va kategoriyalari hamda tushunchalari: statistik to’plam,
to’plam birligi, variatsiya, o’zgaruvchan belgi, atributiv, tartiblangan va miqdoriy belgi, statistik
ko’rsatkich, statistik qonuniyat. Ma’lumotlar tiplari. Statistikaning usullari va uslubiyati. Statistika
fani va faoliyatining tabaqalanishi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida
statistikaning vazifalari. Statistikaning tashkil etilishi va statistik axborotlarning olinishi.