197
ASOSIY QISM
1. MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
1- MODUL. STATISTIKANING UMUMIY NAZARIYASI
1-mavzu. Statistikaga kirish
Statistika to’g’risida tushuncha. Statistika fani predmeti va uning o’ziga xos xususiyatlari.
Statistika predmeti to’g’risida ilmiy- amaliy bahslar .
Statistika fanining asosiy unsurlari va kategoriyalari hamda tushunchalari: statistik to’plam,
to’plam birligi, variatsiya, o’zgaruvchan belgi, atributiv, tartiblangan va miqdoriy belgi, statistik
ko’rsatkich, statistik qonuniyat. Ma’lumotlar tiplari. Statistikaning usullari va uslubiyati. Statistika
fani va faoliyatining tabaqalanishi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida
statistikaning vazifalari. Statistikaning tashkil etilishi va statistik axborotlarning olinishi.
2-mavzu. Tasviriy statistika ko’rsatkichlari
Statistik ko’rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati. Statistik ko’rsatkichlarning atributlari: sifat
tomonga egaligi, miqdor tomonga egaligi, makon va zamonda uzil-kesil chegaralanganligi.
Statistik ko’rsatkichlar tasniflari va turlari. Mutlaq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlar. Hajm va
sifat ko’rsatkichlari. Momentli va intervalli ko’rsatkichlar. Statistik ko’rsatkichlarning ifodalanish
shakllari. Nisbiy miqdorlarning turlari: reja (shartnoma) topshirig’i, reja bajarilishi, dinamika;
tuzilmaviy, koordinatsiya, taqqoslash va intensivlik nisbiy miqdorlari. Nisbiy ko’rsatkichlar turlari
o’rtasidagi bog’lanishlar. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik o’rganishda mutlaq va nisbiy
ko’rsatkichlarni birgalikda (kompleks) qo’llash zarurligi.
Markaziy tendentsiya ko’rsatkichlari va ularning tasnifi. Analitik o’rtachalarning turlari:
arifmetik, gormonik, geometrik, kvadratik, kubik o’rtachalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda o’rtachalarni qo’llash masalalari. O’rtacha arifmetik xossalari.
O’rtacha arifmetikni “shartli moment” usuli yordamida hisoblash.
Tuzilmaviy o’rtachalar turlari va ulardan statistik tadqiqotlarda foydalanish. Mediana mohiyati
va uni taqsimot qatorlarida hisoblash tartibi. Mediana xossasi va uni qo’llash masalasi. Nisbiy
joylashuvning miqdoriy o’lchovlar: kvartil; kvintil; detsil; pertsentil. Moda mohiyati va uni taqsimot
qatorlarida hisoblash tartibi. Moda va mediana intervalli variatsion qatorlarda hisoblash. Ma’lumotlar
qatori assimmetriyasi. O’rtacha miqdor, moda va medianani taqqoslash orqali assimmetriyasini
aniqlash.
Dostları ilə paylaş: