Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   237
statistika

I.
 
O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni 
 
Talaba bu kursni tugatgach, iqtisodiyotda yuz bеrayotgan jarayonlarni miqdoriy baholash 
uchun dastlabki ma'lumotlarni to’plash, statistik ko’rsatkichlarni hisoblash, tahlil va talqin qilish, 
iqtisodiy diagnostika bilan shuqullanish va boshqa ko’nikmalarga ega bo’lib, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlarni miqdoran va sifat jihatidan baholash bo’yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarni 
shakllantiradi. 
Mazkur fanni o’rganish uchun bakalavr-iqtisodchi davlat ta’lim standartlarida matematik va 
tabiiy (oliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari, ehtimollar nazariyasi va matematik 
statistika), umumkasbiy (makroiqtisodiyot, menejment, marketing, iqtisodiy tahlil va audit) ko’zda 
tutilgan iqtisodiy fanlar bilan bevosita aloqada bo’ladi.
 
Statistikaning ilm-fan va
 
ishlab chiqarishdagi o’rni iqtisodiyot istiqbolini belgilash asosini 
yaratish hamda mamlakat iqtisodiy siyosatini xaqqoniy statistik axborotlar bilan ta’minlashdan 
iborat.
Statistika idoralari tomonidan statistikada yuz berayotgan o’zgarishlar monitoringini va 
mamlakat ijtimoiy rivojlanish ko’rsatkichlari va axborotlari bilan ta’minlashda statistik usullardan 
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
II.
 
O‘quv fanning maqsad va vazifalari 
 
“Statistika” fanining asosiy maqsadi
– talabalarda statistika nazariyasi metodi va amaliyoti 
sohasida chuqur kasbiy bilimlar va zaruriy o’quv malakasini shakllantirishdir.
Fanning vazifasi
– talabalarda: statistika predmeti va metodi, uning ahamiyati va roli haqida 
chuqur bilimga va tasavvurga ega bo’lish;statistikaning nazariy, uslubiy va amaliy masalalarini har 
taralaflama o’rganish; O’zbekistonda davlat statistikasining tashkil etilishi, uning “Davlat statistikasi 
haqida”gi Qonunidan kelib chiqadigan vazifalari va huquqlarini bilish; statistik kuzatish mohiyati 
turlari, dastur – uslubiy va tashkiliy masalalarini o’rganish; statistik kuzatish ma’lumotlarini 
svodkalash va guruhlash hamda uning natijalarini statistik jadvallarda ifodalay olish; taqsimot 
qatorlarini tuzish va tahlil qilish usullarini egallash; statistik ko’rsatkichlar, ularning turlari va 
shakllari taqqoslash yo’llari, makro va mikro iqtisodiy ko’rsatkichlar haqida chuqur tasavvurga ega 
bo’lish; tanlama kuzatishning mohiyati, nazariy va amaliy masalalari, tanlamaning 


195 
reprezentativliligini baholash yo’llarini bilish, ilmiy va tajribaviy gepotezalarni statistik tekshirish va 
echimlarini olish usullarini egallash; bozor hodisalari o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarini ochish 
uchun korrelyatsion-regression tahlilni qo’llay olish, dinamika qatorlarini tuzish va tahlil qilish 
uslubiyatini bilish; statistika amaliyotida qo’llaniladigan iqtisodiy indekslarni hisoblash to’g’risida 
tasavvurga ega bo’lishni ta’minlash, hamda ular asosida xulosalar chiqarish bo’yicha ko’nikmalar 
hosil qilishdan iborat. 
Statistika fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: 
-
statistikaning uslublari va vazifalari haqida; 
-
statistik ma’lumotlarni qayta ishlash asosiy uslublari haqida; 
-
davlat byudjeti, korxona va tashkilot moliyasi statistikasi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin