Oliy matematika, statistika va ekonometrika


 -mavzu. Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar tizimi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   237
statistika

 
6 -mavzu. Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar tizimi 
 
Milliy hisobchilik tushunchasi va uning yuzaga kelish tarixi. Xalq xoʻjaligi balansi (XXB) 
va milliy hisoblar tizimi (MHT) oʻrtasidagi farqlari va oʻxshashliklari. MHTni yuritish zaruriyati. 
MHT schyotlari tizimi tarkibi, ularni tuzishning umumiy qoidalari. Institutsional sektorlar va 
MHT. 
Makroiqtisodiy tahlillarda MHTdan foydalanish. 
YaIM – mamlakatning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichi ekanligi. Milliy hisoblar tizimida 
ishlab chiqarish sohasini chegaralash. Ishlab chiqarish hajmini aniqlash printsiplari (qoidalari) va 
baholash turlari: omil, asosiy, ishlab chiqaruvchi va xaridor baholari. YaIM hajmini hisoblash 
usullari. YaIM hajmini ishlab chiqarish usulida hisoblash. YaIM hajmini daromadlarni taqsimlash 
usulida hisoblash. YaIM hajmini pirovard foydalanish usulida hisoblash. Nominal va real yalpi ichki 
mahsulot tushunchasi. YaIM hajmini oʻzgarmas (solishtirma) baholarda hisoblash usullari. YaIMning 
deflyatori. Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning oʻziga xos xususiyatlari. 
Daromadlar toʻgʻrisida umumiy kontseptsiyalar va MHTdagi daromad koʻrsatkichlari. Dj 
Xinsning daromad haqidagi ta’limoti. Yangi MHTda Dj Xiksning ta’limotiga kiritilgan aniqliklar. 
Nominal va real daromal.
Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi. Yalpi milliy 
daromad, sof milliy ixtiyordagi daromad, yalpi milliy jamgʻarma, sof milliy jamgʻarma 
koʻrsatkichlari statistikasi . 
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni xalqaro taqqoslash. 
7-mavzu. Moliya bozori statistikasi 
 
Moliya bozorini statistik oʻrganishning ijtimoiy -iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Davlat 
moliyasi statistikasi. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari koʻrsatkichlari, byudjet defitsiti 
(profitsiti)ni statistik oʻrganish. 


199 
Pul muomalasining ijtimoiy -iqtisodiy mohiyati va statistikaning vazifalari. Pul-kredit 
statistikasining metodologik asoslari (Xalqaro standart). Pul bazasi. Kredit va qarz. Pul muomalasi 
statistikaning asosiy koʻrsatkichlari. 
Bank statistikasi koʻrsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish metodlari. 
Sugʻurta va sugʻurta bozorini statistik oʻrganish. 
Investitsiya statistikasi. Investitsiyani loyihaviy va haqiqiy samaradorligini xarakterlovchi 
statistik koʻrsatkichlar va ularni tahlil qilish usullari.
Investitsiya jarayonini ijtimoiy-iqtisodiy ekspertiza qilishning statistik usullari. Investitsiya 
risklarini statistik baholash usullari.
Qimmatli qogʻozlar va valyuta bozorining statistik koʻrsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish 
uslubiyoti. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin