6. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari Fandan talabaning bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Fandan nazorat turlari. Fandan talaba(lar)ning bilimini nazorat qilish oraliq va ykuniy
nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Fandan nazorat turlari bo‘yicha topshiriqlarning
mazmuni talabaning bilimini xolis, ob’ektiv va aniq baholash imkoniyatini ta’minlaydi.
Oraliq nazorat (ON) semestr davomida o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘quv
mashg‘ulotlari davomida 2 martagacha o‘tkaziladi. (O‘quv semestri davomida haftasiga 2 akademik
soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha ON o‘tkazilmaydi).
ON bo‘yicha talabaning bilimini baholash fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan
professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba fandan yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan
muddatga qadar ONni topshirgan bo‘lishi shart. ONni topshirmagan, shuningdek undan
“2”(qoniqarsiz) baholangan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat (YaN) talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan
professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan
professor-o‘qituvchi yakuniy nazoratni o‘tkazishda ishtirok etmaydi.
YaN shakli kafedra tomonidan belgilanadi hamda u semestr yakunida o‘quv jarayoni
jadvaliga muvofiq quyidagi mezonlarga asoslanib o‘tkaziladi:
Baho
Talabaning bilimiga qo‘yilgan talablarning asoslanishi
5
(a’lo)
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu)
bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
4
(yaxshi)
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning
(mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan
(mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;