sifatli prognozlash usuli (qualitative forecasting
methods)dan foyda lanishi mumkin. Bu usul subektiv xarakterga ega.
Agar izlanuvchi tadqiqot obektining tarixi to’g’risidagi maumotlar ega bo’lsa, unda
hajmli (sonli) prognozlash (quantitative forecasting methods) usulini qo’llashi lozim.
Bu usullar obektning kelajakdagi holatini uning o’tgan davrdagi holatidan kelib chiqib, prognozlash imkoniyatini beradi.
Hajmli (sonli) prognozlash usuli 2 kategoriyaga bo’linadi:
Vaqtli qatorlarni tahlil qilish;
Bog’liqlikning xatolik –sabablarini tahlil qilish;
Vaqtli qator(time series) ni tahlil qilish usuli sonli o’zgaruvchilarning o’tmishi va kelajagi asosida uning ko’rsatkichini (mohiyatini) bashoratlash imkoniyatini beradi . Masalan: Nyu-York fond birjasida aktsiyalarning har
kungi kotirovkasi-vaqtli qatorni beradi. Vaqtli qatorlarga boshqa bir misol qilib, istemol narxlar indeksining har oylik
ko’rsatkichlarini, YaIMning har chorakdagi o’lchamini kabilarni ko’rsatish lozim.
Bu usullar qatoriga : ko’pfaktorli regressiya tahlili, ekonometrik modellash, eng oldi indikatorlar tahlili kabi
usullar kiradi.
8.4.Vaqtli qatorlarning multiplikatli modelining klassik komponentlari. Vaqtli qatorlarni tahlil qilishning o’ziga xos xususiyati shundaki, tadqiqot qilinayotgan obektga hozir va o’tmishda
tasir etuvchi omillar kelajakda ham tasir etadi. Demak, vaqtli qatorlarni tahlil qilishning asosiy maqsadi shuki,
prognozlashga (bashoratlashga) tasir etuvchi omillarni aniqlash va identifikatsiyalash. Bu maqsadga erishish uchun
ko’pgina matematik modellar ishlab chiqilgan. Bu modellar vaqtli qatorlar modeliga kiruvchi komponentlarning
o’zgaruvchanligini tadqiq qilishga asoslangan. Ularning eng keng tarqalgan usuli bu –
multiplikatli modeli ( classical
multiplicative model) bo’lib, u har yilgi, har chorak va har oylik malumotlar uchun qo’llaniladi.
Trend- vaqtli qatorlarning yagona komponentlaridan biri emas. Bundan tashqari, malumotlar tsiklli va doimiy
bo’lmagan komponentlardan tashkil topgan.
8
7
David M.Levine, DavidF.Stephan. Statistics for managers. 2014, PHI Learning
Private Limited Delhi-110092. 610-P.
8
David M.Levine, DavidF.Stephan. Statistics for managers. 2014, PHI Learning
Private Limited Delhi-110092. 610-611.P.P