Oliy matematika, statistika va ekonometrika


YAIMni daromadlar usulida hisoblash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   237
statistika

YAIMni daromadlar usulida hisoblash. 
Daromad nuqtai nazaridan YAIM ish bilan bandlikdan daromadlar va 
barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning-rezidentlarning daromadlaridan tashkil topadi va quyidagilarga bo’linadi: 
– faqat uy xo’jaliklariga tarqatilishi mumkin bo’lgan yollanma mehnat evaziga olinadigan daromadlar; 
– milliy iqtisodiyotning barcha sektorlariga ta’luqli bo’lgan tadbirkorlik faoliyati va mulkdan olinadigan 
daromadlar. 
Har bir shaxs daromadlarni barcha manbalar hisobidan olishi mumkin. Shu sababli yuqorida qayd etilgan ikki 
agregat ikki ijtimoiy sinfga ajratishni nazarda tutmaydi. Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar tadbirkorlarning 
daromadlariga tenglashtirilishi mumkin emas. 
Ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan kimni ishlga yollagan bo’lsalar, o’shalarga to’lanadi. Ushbu moddaga, 
shuningdek tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy sug’urta va xususiy pensiya, meditsina hizmati va yordami, ishsizlik va 
boshqa fondlarga to’lanadigan badallar ham kiradi. Qayd qilingan ish haqiga qo’shimchalar tadbirkorlarni ishchi kuchini 
yollash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarining bir qismi bo’lgani sababli, firmalarning ish haqini to’lash bo’yicha xarajatlari 
elementi bo’lib hisoblanadi. 
Qayd etish lozimki, oxirgi yillarda ko’pchilik mamlakatlarda yollanma mehnat bilan shug’ullanuvchilar ulushi 
muntazam kamayib bormoqda. 
Foyda tushunchasi, haqiqatda mulkdan daromad (nokorporativ tadbirkorlikdan daromad) va korporatsiyalar 
foydasiga bo’linadi. Birinchi holatda gap, individual mulk xisoblangan korxonalar hamda ularning sheriklari va 
kooperativlarning sof foydasi, to’g’risida ketadi. 
Korporatsiyalarning foydalari uch xil usulda foydalanilishi mumkin: 
– davlat tomonidan korporatsiyalarning foydasiga soliq ko’rinishida; 
– aktsionerlarning dividendlari ko’rinishida; 
– yuqorida ko’rsatilgan to’lovlarni chegirgandan so’ng qolgan barcha summa – korporatsiyalarning 
taqsimlanmagan foydasi ko’rinishida. 
YAIM tarkibida ish haqi, renta to’lovlari, foiz va foydadan tashqari yana mablag’larni ikki turda taqsimlanishi
ya’ni daromadlarni to’lash bilan bog’liq bo’lmagan holatlar ham mavjud: asosiy kapital iste’moli uchun ajratmalar va 
ishlab chiqarishga bilvosita soliqlar.
Asosiy kapital iste’moli umuman olganda, hisobot davrida ishlab chiqaruvchida mavjud bo’lgan asosiy kapital 
joriy qiymatining jismoniy va ma’naviy eskirishi hisobiga qisqarishini anglatadi. 
Bunga harbiy harakatlar yoki favqulotda holatlar natijasida vayron bo’lgan asosiy kapital kiritilmaydi. 
Ijara haqi deganda kapital, tovardan foydalanuvchi tomonidan uning egasiga qisqa muddatli ijara yoki shunga 
o’xshash ma’lum vaqt davomida shartnoma asosida ishlab chiqarish jarayonida foydalanish huquqi uchun to’lanadigan 
summa tushuniladi. Ijara haqi nafaqat ushbu davrda tovar qiymati kamayishini, ya’ni asosiy kapital iste’molini, qoplashi, 
shu bilan birga ushbu davr boshidagi asosiy kapital uchun belgilangan foiz to’lovlari va boshqa kapital egasining 
xarajatlarini qoplashi zarur. 
Daromad to’lash bilan bog’liq bo’lmagan yana bir xarajat turi davlat tomonidan soliq undirilishi bilan bog’liq 
bo’lgan – biznes uchun bilvosita soliqlar hisoblanadi. Firma va korporatsiyalar uchun ular xarajat bo’lib hisoblanadi va 
shu sababli ular mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ularga quyidagilar kiradi: qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, mulk 
solig’i, litsenzion to’lovlar va bojxona poshlinalari. 
Norezidentlar tomonidan bizning mamlakatda yaratilgan omil daromadlari bizning mamlakat YAIMga qo’shiladi, 
lekin YAMDga qo’shilmaydi. Omil daromadlariga ish haqi, foyda, dividend, foizlar va boshqalar kiradi. 
YAIM – kimga tegishli bo’lishidan (rezident yoki norezident) qat’iy nazar, ushbu mamlakat ichida olingan 
daromadlar.
YAIM ma’lum davr mobaynida (chorak, yil) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va 
xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati sifatida aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish deganda, umuman olganda, biror bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonalarning 
xarajatlarni amalga oshirish jarayoni tushuniladi.
Tovarlar – egalik huquqi tarqatilishi mumkin bo’lgan fizik predmetlardir. Xizmatlar – buyurtma bo’yicha turli 
ishlab chiqarishlar bo’lib, odatda iste’mol qiluvchi birliklar holatining o’zgarishiga olib keladi. 


62 
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashda takroriy hisobga olish muammosi mavjud. Agarda takroriy hisobga yo’l 
qo’yilsa YaIMni hajmi sun’iy ravishda oshib ketadi. YAIMni hisoblashda takroriy hisoblarga yo’l qo’ymaslik maqsadida 
uning tarkibiga faqat pirovard mahsulotlar (tovar va xizmatlar) qiymatlari kiritiladi. Yalpi ichi mahsulotni ishlab 
chiqarish usulida hisoblash uchun yalpi ishlab chiqarishdan (YaICh) oraliq iste’mol ayriladi hamda mahsulot va importga 
sof soliqlar qo’shiladi. 
Yalpi ishlab chiqarish bu ma’lum davr oralig’ida ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar qiymati. 
Oraliq iste’moliga hisobot davrida ishlab chiqarish xarajatlari sifatida sarflangan va to’laligicha iste’mol qilingan 
tovar va xizmatlar qiymati kiradi. 
Iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari miqyosida YaIChdan oraliq ist’mol qiymatining ayirmasi yalpi qo’shilgan 
qiymat ko’rsatkichini beradi.
Xarajatlar usuli bo’yicha YAIMga pirovard mahsulot va xizmatni yaratish bilan bog’liq bo’lgan barcha turdagi 
xarajatlar kiradi. Umumiy ko’rinishda ushbu ta’rifni quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin: 
YAIM=UPI+IN+JPI+SE , 
bu erda,
YAIM– yalpi ichki mahsulot; UPI– uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari; IN– investitsiya xarajatlari; 
JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE– sof eksport (eksport 
– import). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin