Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   237
statistika

YAIM=UPI+IN+JPI+SE , 
bu erda,
YAIM– yalpi ichki mahsulot; UPI– uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari; IN– investitsiya xarajatlari; 
JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE– sof eksport (eksport 
– import). 
Xususiy iste’mol xarajatlari. 
MHT atamalarida uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari xususiy (shaxsiy) iste’mol 
xarajatlari deb yuritiladi. Uy xo’jaliklarining shaxsiy iste’mol xarajatlariga quyidagilar kiradi: uzoq vaqt fodalaniladigan 
predmetlar (buyumlar), joriy iste’mol tovarlari va turli xizmat turlari uchun iste’mol xarajatlari. Yuqorida keltirilgan 
formuladagi “UPI” mamlakat aholisining qayd qilingan xarajatlarini yig’indisi sifatida aniqlanadi. Statistik 
ma’lumotlarga ko’ra, ushbu xarajatlarning YAIMdagi ulushi boshqa harajatlarga nisbatan katta miqdorni tashkil qiladi.
Yalpi xususiy ichki investitsiyalar. Zahiralarning o’zgarishi. Yalpi va sof investitsiyalar
.
Umum qabul qilingan 
uslubiyotga binoan yalpi xususiy ichki investitsiyalar quyidagilardan tashkil topadi: tadbirkorlar tomonidan mashina, 
uskuna va stanoklarni pirovard sotib olish; uy-joy qurilishini hisobga olgan xolda qurilish ishlari; zahiralarning 
o’zgarishi.
 
Iqtisodiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lgan mamlakatlarda ularning ulushi YaIM tarkibida 25-33 foizni tashkil qiladi. 
Investitsiyalar YAIM va aholi farovonligini o’stirishning asosiy manbai bo’lib hisoblanadi. 
YAIM – joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini aniq hisoblanishini talab qilganligi uchun, uning 
tarkibiga bu yil ishlab chiqarilgan, ammo sotilmay qolgan mahsulotni ham hisobga olinishi mantiqan to’g’ridir. Aks 
xolda zahiralarning o’zgarishini hisobga olmasdan hisob-kitoblar amalga oshirilgan taqdirda, joriy yilda ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmi pasaytirilib ko’rsatilgan bo’ladi. Odatda, zahiralarning o’zgarishi joriy davr oxiri va boshidagi 
zahiralar qoldiqlarining farqi sifatida hisob–kitob qilinadi. Shu sababli joriy davrda katta miqdorda ilgari sotilmay qolgan 
mahsulotlarning sotilgan taqdirda, zahiralarning o’zgarishi manfiy miqdorga teng bo’lishi mumkin. 
MHTda investitsiyalar yalpi, ichki va xususiy investitsiyalarga ajratib o’rganiladi. Oxirgi ikki ko’rsatkich xususiy 
firmalar va kompaniyalarning xarajatlarini ifodalab, ular ko’rilayotgan mamlakat uchun yuridik shaxslar hisoblanishi 
lozim. 
Yalpi ichki xususiy investitsiyalar eski mashina, uskuna va stanoklarni almashtirish uchun ishlab chiqarilgan 
barcha investitsion tovarlar plyus har qanday iqtisodiyotda sof qo’shimcha kiritilgan kapitalga teng. Demak, yalpi 
investitsiyalar - ishlab chiqarishdan chiqib ketayotgan kapital o’rnini qoplash hamda kapitalning qo’shimcha oshishiga 
olib kelgan investitsiyalardir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin