Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   237
statistika

NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori statistikasining vazifalari va uni statistik o’rganishning ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati qanday? 
2.
Mehnat resurslari tushunchasi va uning sonini qanday aniqlanadi? 
3.
Mehnat resurslari balansi va uning ahamiyatini tushuntirib bering? 
4.
Iqtisodiy faol va nofaol aholi tushunchasi hamda ularning tarkibi deganda nimani tushunasiz? 


56 
5.
Ish bilan band aholi va ishsizlik statistikasi ko’rsatkichlarini ayting? 
6.
Aholining bandlik holati bo’yicha tasnifini tushuntirib bering? 


57 
Tayanch so’z va iboralar. 
Milliy hisoblar tizimi, ikki yoqlama yozuv, schyotlar, yalpi ichki mahsulot 
 
1.Milliy hisoblar tizimi to’g’risida tushuncha
 
Milliy hisoblar tizimi - bu iqtisodiy faoliyat natijalarini makrodarajada qayd etish va tahlil qilish uchun 
foydalanadigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar, klassifikatsiyalar va schetlar tizimidir. 
MHT ma’lumotlarining asosiy iste’molchilarini birinchi galda davlat boshqaruvi organlari tashkil etadi. Sababi, 
bozor iqtisodiyoti davrida davlat siyosatini ishlab chiqishda, ya’ni soliq va byudjet siyosati pul massasi, foiz qanday 
bo‘lish kerak, inflyatsiyaga qarshi kurash choralari, aholini ish bilan ta’minlash va davlat boshqaruvi organlari tomonidan 
ijtimoiy himoyalash, daromadni taqsimlash, tashqi savdo siyosati va boshqa makroiqtisodiy muammolarni echishda 
foydalaniladi. 
Yana asosiy iste’molchilardan biri korxonalar menejerlari, korparatsiyalar rahbarlari va biznes rahbarlar ishlarida 
foydalanadi, ya’ni, ular korxona uchun investitsiya, ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy kon’yunkturani tahlil qilish 
maqsadida foydalanadilar. Albatta yuqoridagi ma’lumotlarni hisobga olgan holda ishlash sovodxonlikni bildiradi. 
Uchinchi iste’molchi bu ilmiy tekshirish institutlari bo‘lib, ular iqtisodiyotni tahlil qilishda, kelajakni bashorat 
qilishda, hamda iqtisodiy modellar yaratishda foydalanadi. To‘rtinchi foydalanuvchi bu oliy o‘quv yurtlari.
Eng asosiy iste’molchilar xalqaro tashkilotlardir: Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT), Xalqaro valyuta fondi 
(XVF) va boshqalar. Ular MHTga tegishli metodologiyani rivojlantirish, shu bilan birga o‘z tashkilotlari badallarini 
aniqlash, kredit berishni asoslash va rivojlanayotgan davlatlarga o‘zaro yordam berishida foydalanadilar. 
Shunday qilib, MHT orqali iqtisodchilar, davlat rahbarlari, olim-iqtisodchilar, statistiklar o‘zaro birlashadi. 
XVII asr oxirida iqtisodiy rivojlangan davlatlardan Angliya, Gollandiya va Frantsiyada o‘zlarining milliy 
daromadlari va boyliklarini hisoblab, shu boylikka asosan armiya saqlashgan. Bu davrda ko‘zga ko‘ringan 
iqtisodchilardan Angliyada V.Petti (1665-1676 y.y.), King (1696 y.) va Frantsiyada Voban (1707 y.) milliy daromadni 
hisoblashgan va shu asosda milliy soliq tizimini tuzishgan. 
XVIII asrga kelib, iqtisodiyot fanida asosan ishlab chiqarishga e’tibor berilib, undan olingan daromadlarni 
hisoblashgan. Xizmatlarni ishlab chiqarish hajmiga kiritganlardan Frantsiyalik iqtisodchisi A.Smitdir. 1930 yilga kelib
AQShda yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni hisoblash kontseptsiyasi paydo bo‘lgan.
Chet mamlakatlar statistikasida balans tizimlari tajribasi V.Leontev tomonidan AQShning 1929-1938 yil 
ma’lumotlari asosida tuzildi. Bu balans xarajatlar-ishlab chiqarish jadvali shaklida bo‘lib, uning asosida ikki yoklama 
yozuvli shaxmat jadvali metodi asos bo‘lgan. 
1951 yilda Parijda Evropa iqtisodiy hamjamiyatining Milliy hisoblar bo‘yicha konferentsiyasi bo‘lib, unda Evropa 
iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun Milliy hisoblar tizimining standart loyihasi qabul qilindi. Bu 
loyiha angliyalik bir gypyh iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqildi.
1952 yilda bir gypyh ekspert-statistiklar BMTning Statistika byurosi topshirig‘a binoan «Milliy hisoblar va 
uzatuvchi jadvallar» deb nomlangan metodologiyani tayyorladilar. Bunga Angliya va AQShning milliy hisoblar bo‘yicha 
asosiy ishlari negiz qilib olindi. 
1953 yilda dastlabki MHT qabul qilingandan so‘ng, BMTning statistika organlari tomonidan milliy hisoblarning 
nazariy va metodologik asoslari takomillashtirildi va rivojlatirildi. Bu ishlar 1968 yilda qabul qilingan MHTning xalqaro 
standarti 25 yil, toki 1993 yilning fevraliga qadar xizmat qildi. 
1993 yil fevral oyida BMTning N’yu-Yorkdagi Statistika komissiyasining navbatdagi sessiyada MHTning yangi 
standarti qabul qilindi. 
1993-yilda MHT tubdan yangilanganidan keyin BMT Statistika qoʻmitasi kichik, lekin tez-tez yangiliklar 
kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qildi, lekin bu qaror amalga oshirilmadi va shuning uchun 
boshqa yirik yangilashni amalga oshirish zarurati tugʻildi. 1993-yilgi MHTni yangilash jarayoni 2008 yilning mart oyida 
nihoyasiga yetdi, uni yangilangan versiyasi BMT statistika qoʻmitasi tomonidan ma’qullandi. Unga “2008-yilgi Milliy 
hisoblar tizimi” (MHT-2008) nomi berildi. 
1968 yildan to 1993 yilgacha MHTda qo‘lga kiritilgan yutuq va tajribalar bu yangi standartga asos qilib olindi. 
Shunday qilib, MHTning qisqacha tarixiy ma’lumotining xulosasi kuydagicha: 
Yillar 
Asosiy e’tibor 
Natijasi 
6-MAVZU 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin