203
3. Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
Fan bo’yicha laboratoriya ishlari o’quv rejada ko’zda tutilmagan.
4. Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Fan bo’yicha kurs ishi o’quv rejada ko’zda tutilmagan.
5. Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni
“Statistika” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining
tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan. Talabalar auditoriya
mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, amaliy misollar echadilar.
Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa
sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish
maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni uqib referat (taqdimot)lar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha
testlar echadi. Mavzuga doir masalalar, keys-stadi va o’quv loyihalarini Axborot resurs markazi
manbalari hamda izlanish ob’ekti bo’lmish korxona va tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy
ko’rsatkichlari hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarini to’plagan
holda bajaradi Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni
mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet
tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak
doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar
tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash
va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
“Statistika” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va
quyidagi mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.
Dostları ilə paylaş: