Oliy matematika, statistika va ekonometrika


-mavzu. Tasviriy statistika ko’rsatkichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   237
statistika

2-mavzu. Tasviriy statistika ko’rsatkichlari 
Statistik ko’rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati. Statistik ko’rsatkichlarning atributlari: sifat 
tomonga egaligi, miqdor tomonga egaligi, makon va zamonda uzil-kesil chegaralanganligi. 
Statistik ko’rsatkichlar tasniflari va turlari. Mutlaq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlar. Hajm va 
sifat ko’rsatkichlari. Momentli va intervalli ko’rsatkichlar. Statistik ko’rsatkichlarning ifodalanish 
shakllari. Nisbiy miqdorlarning turlari: reja (shartnoma) topshirig’i, reja bajarilishi, dinamika; 
tuzilmaviy, koordinatsiya, taqqoslash va intensivlik nisbiy miqdorlari. Nisbiy ko’rsatkichlar turlari 


200 
o’rtasidagi bog’lanishlar. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik o’rganishda mutlaq va nisbiy 
ko’rsatkichlarni birgalikda (kompleks) qo’llash zarurligi. 
Markaziy tendentsiya ko’rsatkichlari va ularning tasnifi. Analitik o’rtachalarning turlari: 
arifmetik, gormonik, geometrik, kvadratik, kubik o’rtachalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda o’rtachalarni qo’llash masalalari. O’rtacha arifmetik xossalari. 
O’rtacha arifmetikni “shartli moment” usuli yordamida hisoblash.
Tuzilmaviy o’rtachalar turlari va ulardan statistik tadqiqotlarda foydalanish. Mediana mohiyati 
va uni taqsimot qatorlarida hisoblash tartibi. Mediana xossasi va uni qo’llash masalasi. Nisbiy 
joylashuvning miqdoriy o’lchovlar: kvartil; kvintil; detsil; pertsentil. Moda mohiyati va uni taqsimot 
qatorlarida hisoblash tartibi. Moda va mediana intervalli variatsion qatorlarda hisoblash. Ma’lumotlar 
qatori assimmetriyasi. O’rtacha miqdor, moda va medianani taqqoslash orqali assimmetriyasini 
aniqlash. 
3 -mavzu. Vaqtli qatorlar 
Vaqtli qatorlarini analitik tahlil qilish ko’rsatkichlari: mutlaq o’zgarish, o’zgarish sur’ati, 
qo’shimcha o’zgarish sur’ati, bir foiz qo’shimcha o’zgarishning mutlaq mohiyati, o’zgarish (foiz) 
punkti. Vaqtli qatorlarida o’rtachalarning darajasini hisoblash usullari. O’rtacha xronologik, oddiy va 
tortilgan o’rtacha arifmetik. O’rtacha o’zgarish va qo’shimcha o’zgarish sur’ati. 
Vaqtli qatorlarida asosiy tendentsiyalarni aniqlash usullari: oraliqlarni yiriklashtirish
sirg’anchiq o’rtachalarni hisoblash va analitik tekislash. Vaqtli qatorlarida trend tenglamasini tuzish 
va uning ishonchliligini baholash. 
Vaqtli qatorlarni stastistik o’rganishda xorij tajribasi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin