Oliy matematika, statistika va ekonometrika


IV– semestr boʻyicha jami



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   237
statistika

IV– semestr boʻyicha jami 
124 
12 
12 
100 
JAMI 
236 
18 
20 
198 
 
 
 


197 
 ASOSIY QISM 
1. MA’RUZA MASHG’ULOTLARI 
1- MODUL. STATISTIKANING UMUMIY NAZARIYASI 
 
1-mavzu. Statistikaga kirish
Statistika to’g’risida tushuncha. Statistika fani predmeti va uning o’ziga xos xususiyatlari. 
Statistika predmeti to’g’risida ilmiy- amaliy bahslar . 
Statistika fanining asosiy unsurlari va kategoriyalari hamda tushunchalari: statistik to’plam, 
to’plam birligi, variatsiya, o’zgaruvchan belgi, atributiv, tartiblangan va miqdoriy belgi, statistik 
ko’rsatkich, statistik qonuniyat. Ma’lumotlar tiplari. Statistikaning usullari va uslubiyati. Statistika 
fani va faoliyatining tabaqalanishi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida 
statistikaning vazifalari. Statistikaning tashkil etilishi va statistik axborotlarning olinishi.
2-mavzu. Tasviriy statistika ko’rsatkichlari 
Statistik ko’rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati. Statistik ko’rsatkichlarning atributlari: sifat 
tomonga egaligi, miqdor tomonga egaligi, makon va zamonda uzil-kesil chegaralanganligi. 
Statistik ko’rsatkichlar tasniflari va turlari. Mutlaq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlar. Hajm va 
sifat ko’rsatkichlari. Momentli va intervalli ko’rsatkichlar. Statistik ko’rsatkichlarning ifodalanish 
shakllari. Nisbiy miqdorlarning turlari: reja (shartnoma) topshirig’i, reja bajarilishi, dinamika; 
tuzilmaviy, koordinatsiya, taqqoslash va intensivlik nisbiy miqdorlari. Nisbiy ko’rsatkichlar turlari 
o’rtasidagi bog’lanishlar. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik o’rganishda mutlaq va nisbiy 
ko’rsatkichlarni birgalikda (kompleks) qo’llash zarurligi. 
Markaziy tendentsiya ko’rsatkichlari va ularning tasnifi. Analitik o’rtachalarning turlari: 
arifmetik, gormonik, geometrik, kvadratik, kubik o’rtachalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda o’rtachalarni qo’llash masalalari. O’rtacha arifmetik xossalari. 
O’rtacha arifmetikni “shartli moment” usuli yordamida hisoblash.
Tuzilmaviy o’rtachalar turlari va ulardan statistik tadqiqotlarda foydalanish. Mediana mohiyati 
va uni taqsimot qatorlarida hisoblash tartibi. Mediana xossasi va uni qo’llash masalasi. Nisbiy 
joylashuvning miqdoriy o’lchovlar: kvartil; kvintil; detsil; pertsentil. Moda mohiyati va uni taqsimot 
qatorlarida hisoblash tartibi. Moda va mediana intervalli variatsion qatorlarda hisoblash. Ma’lumotlar 
qatori assimmetriyasi. O’rtacha miqdor, moda va medianani taqqoslash orqali assimmetriyasini 
aniqlash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin