194
Kirish
Bozor iqtisodiyoti bo’lajak iqtisodchilardan statistika fani va faoliyati bo’yicha bilimlarni olish,
rеal statistik ma'lumotlarni to’plash, qayta ishlash va tahlil qilish ko’nikmalarini paydo qilishni
taqozo etadi. Statistika fani yordamida ommaviy hodisa va jarayonlar to’qrisidagi ma'lumotlarni
to’plash,
ishlov bеrish, tahlil va talqin qilinishning umumiy qoida va usullari o’rganiladi.
Shuningdеk, bu fan iqtisodiyotda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlarni makro va mikro darajada
o’rganadi, tahlil qiladi va statistik bashoratlaydi. Shu bilan bir qatorda bozor iqtisodiyoti
faoliyatining shartlari, jarayonlari va natijalarini hamda jamiyat
taraqqiyoti qonunlarini va
rivojlanish tеndеntsiyalarini statistik ko’rsatkichlarda aks ettiradi.
«Statistika» fanining mazkur ishchi o’quv dasturi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli Qarori,
2017 yil 27 iyuldagi
“Oliy
ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining
ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-
3151
-son Qarori hamda
2018 yil 5
iyundagi
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va
ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to'g'risida”gi
PQ-3775-sonli Qarorlarining asosiy qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan va
unda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o`qitishda zarur bo`lgan asosiy jihatlar yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: