Latipov Sh B. – NDKTU «Oliy matematika va AT» kafedrasi assistenti.
Norov G’ M. – NDKTU «Oliy matematika va AT» kafedrasi assistenti.
Roziqov.R.J – NDKTU «Oliy matematika va AT» kafedrasi assistenti
Arziyeva S.I – NDKTU «Oliy matematika va AT» kafedrasi assistenti
To’rayev A.T – NDKTU «Oliy matematika va AT» kafedrasi assistenti
Shomurodov N.A – NDKTU «Oliy matematika va AT» kafedrasi assistenti
TAQRIZCHILAR:
Hakimov A. – Navoiy davlat pedagogika instituti «Matematika» kafedrasi dosenti, f.-m.f.n.(turdosh OTM);
Raxmatov S.X. – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti «Oliy matematika va axborot texnologiyalari» kafedrasi dosenti v.b., f.m.-f.n.
So’z boshi
Oliy matematikaning turli bo’limlari bo’yicha yozilgan hisob grafik ishlari ushbu to’plamda jamlangan. Bu to’plamdagi hisob grafik ishlarning umumiy soni 14 tа.
Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish bo’yisha 3 tа tajriba ishi yozilgan bo’lib, bunday tenglamalar sistemalarini yechishning Kramer, Gauss vа matritsa usullaridir. Tenglamaning haqiqiy ildizlarini taqribiy hisoblash ishida ildizni vatar vа urinma (ya’ni Nyuton) usullari bilan taqribiy topish alohida-alohida ravishda ko’rsatilgan. Ish oxirrog’ida bu usullar birlashtirilgan holda berilgan.
Interpolyatsiyalashga oid Lagranj vа Nyutonning interpolyasion formulalari, aniq integrallarni Simpson usuli bilan taqribiy hisoblash, eng kichik kvadratlar usuli, bir argumentli funksiyaning differentsiali yordamida funksiyalar qiymatlarini taqribiy hisoblash kabi hisob grafik ishlari ham bu to’plamdan joy olgan.
Hisoblashlarni yengillashtirish maqsadida har bir hisob grafik ishida jadval tuzilgan. Har bir tajriba ishida namunaviy misolni yoki masalalar yechish hamda talabalar mustaqil ishlashlari uchun misollar keltirilgan.
Ushbu hisob grafik ishlari oliy texnika o’quv yurtlari talabalari bajarishlari lozim bo’lgan ishlardan iboratdir.
Mazkur hisob grafik ishlari to’plamida yangicha zamonaviy texnologiyalar yordamida hisob grafik ishlarining bajarish usullari ham keltirilgan.