3-ILOVA: KICHIK GURUHLARGA BO‘LIB, ISHLASH QOIDASI.
Aqliy hujum qoidasi:
4-ILOVA: O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARNI BAHOLASH MEZONI:
“5” ball - “a’lo”. O‘quvchi o‘zlashtirgan mavzu yuzasidan to‘liq bilimga ega bo‘lsa va bunda o‘zlashtirilgan mavzuga doir barcha savollarga to‘liq og‘zaki javob berganda va bunda nutqi ravon bo‘lsa, berilgan masala yoki mashqlarni to‘la va aniq bexato bajarganda, mustaqil fikrlash asosida turli xil muammoli masala va savollarni ko‘tara olsa va ularni yechish uchun harakat qilsa, fikrlash doirasi umuminsoniy qadriyatlarga mos kelganda, qo‘yilgan muammoli masalalarga ijodiy yondosha olsa va o‘zining shaxsiy fikriga ega bo‘lsa qo‘yiladi.
4” ball - “yaxshi”. O‘quvchi o‘zlashtirgan mavzu yuzasidan to‘liq bilimga ega bo‘lsa va bunda o‘zlashtirilgan mavzuga doir savollarga javob qaytarishda ba’zi bir xatoliklarga yo‘l qo‘ysa, berilgan masala yoki mashqlarni to‘la lekin bazi bir xatoliklarga yo‘l qo‘yib bajarganda, mustaqil fikrlash asosida turli xil muam-moli savol va masalalarni ko‘tara olsada, ularni yechish yo‘llarini bilmaganda, fikrlash doirasi umuminsoniy qadriyatlarga mos kelganda va o‘zining shaxsiy fikriga ega bo‘lganda qo‘yiladi.
«3» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi:
a) o‘quvchi asosiy manbani o‘zlashirib olgan bo‘lsada, uni aytib bеrishda qiynalsa;
b) javoblari, o‘qituvchining qo‘shimcha va aniqlik kiritishini talab etadigan savollar bеrilishi bilan to‘ldirilsa:
v) takrorlab aytib bеruvchi haraktеrdagi savollarga javob bеrishni afzal ko‘rsa va shaklan o‘zgartirilgan savollarga javob topishda qiynalsa:
g) yozma ishlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa
«2» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi:
a) o‘quvchi o‘rganilgan manba haqida ba’zi tasavvurlarga ega bo‘lsa, ammo manbaning katta qismini o‘zlashtirmagan bo‘lsa:
b) yozma ishlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa.
v) o‘quvchi o‘rganilgan manba haqida tasavvurlarga ega bo‘lmasa, manbalarni juda bo‘sh, qoniqarsiz o‘zlashtirgan bo‘lsa.
Dostları ilə paylaş: |