«5» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi: a) o‘quvchi dasturiy manbalarning butun hajmini o‘zlashtirib olganligini namoyon qilsa;
b) o‘rganilgan manbadagi asosiy mazmunni (qoidalarni) ajrata bilsa va o‘zgartirilgan savollarga javob bеrishda qiynalmasa;
v) egallagan bilimlarni amaliyotda erkin qo‘llay olsa;
g) o‘rganilgan manbani qayta aytib bеrishda xatolarga yo‘l qo‘ymasa hamda yozma ishlarni bеxato, batartib va dadil bajarsa.
«4» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi: a) o‘quvchi butun o‘tilgan manbalarni bilsa;
b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bеrsa;
v) egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olsa;
g) og‘zaki javoblarida jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘ymasa, ba’zi noaniqliklarni o‘qituvchining savollari yordamida oson bartaraf qilsa;
d) yozma ishlarida juziy (unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan) xatolarga yo‘l qo‘ysa.
«3» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi: a) o‘quvchi asosiy manbani o‘zlashirib olgan bo‘lsada, uni aytib bеrishda qiynalsa;
b) javoblari, o‘qituvchining qo‘shimcha va aniqlik kiritishini talab etadigan savollar bеrilishi bilan to‘ldirilsa:
v) takrorlab aytib bеruvchi haraktеrdagi savollarga javob bеrishni afzal ko‘rsa va shaklan o‘zgartirilgan savollarga javob topishda qiynalsa:
g) yozma ishlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa
«2» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi: a) o‘quvchi o‘rganilgan manba haqida ba’zi tasavvurlarga ega bo‘lsa, ammo manbaning katta qismini o‘zlashtirmagan bo‘lsa:
b) yozma ishlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa.
v) o‘quvchi o‘rganilgan manba haqida tasavvurlarga ega bo‘lmasa, manbalarni juda bo‘sh, qoniqarsiz o‘zlashtirgan bo‘lsa.
3-ILOVA: UYGA VAZIFA BERISH 1.Mavzuni o‘qib konspekt qilib kelish
2.Amaliy ko‘nikmalarni bajarib o‘rganish
Mavzu bo‘yicha qisqacha axborot materiali Ma’lumki, boy va rang-barang xalq og’zaki ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo’lib xizmat qiladi. Bu yerda yana bir narsani ta’kidlab o’tish kerak: badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan ham uzviy bog’liq. Bu jihatdan Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarini eslab o’tish o’rinlidir. XI asrning buyuk tilshunos olimi bu kitobda bizga ko’p ma’lumotlar beradi. Unda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo’lib, og’izdan og’izga, avloddan avlodga ko’chib yurgan qo’shiq va lirik she’rlardan namunalar ham keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo’shiqlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (Saodatga olib boruvchi bilim), Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” (Sevimli haqiqatlar) dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniylarning asarlarida til, ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy, Qutb, Durbek, Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlarning adolatsizlik va zulmni qoralashga, oddiy insonning og’ir ahvoliga achinish, orzu-armonlarini qisman bo’lsa-da yoritishga qaratilgan asarlari tarixda muhim rol o’ynaydi.