Xotira qurilmalarida elementlar joylashuv zichligi har ikki yilda ikki marta ortib borayotganini 1965 yilda Gordon Mur bashorat qilgan edi. 2.2 – jadval ushbuni tasdiqlaydi.
Funksional vazifasiga ko‘ra ISlar analog va raqamlilarga bo‘linadi. Analog ISlarda signal uzluksiz funksiya sifatida o‘zgaradi. Eng keng tarqalgan analog IS – operatsion kuchaytirgichdir. Raqamli ISlar diskret ko‘rinishda berilgan signallarni o‘zgartirishga va qayta ishlashga xizmat qiladi.
5-Amaliy mashg’ulot Yangi texnologik va konstruktiv yo’nalishlar bilan tanishish Tayyorlov operatsiyalari. Yarimo‘tkazgich IMSlar tayyorlash uchun asosiy material bo‘lgan - kremniy monokristal quymalari olishdan boshlanadi. Monokristal quymalar hosil qilishning bir qancha usullari mavjud.
Choxralskiy usulidatarkibiga donor yoki akseptor kiritmalar qo‘shilgan o‘ta toza kremniy eritmasi yuziga kremniy monokristali tushiriladi. Eritma eritgan monokristal o‘z o‘qi atrofida asta – sekin aylantirilib ko‘tariladi. Monokristal ko‘tarilishi bilan eritma kristallanadi va kremniy monokristali hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kremniy quymasi n– yoki r–turli elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Quyma uzunligi 150 sm, diametri esa 150 mm va undan katta bo‘lishi mumkin.