Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi 407-guruh talabasi Ro’ziqulova Ozodaning O’simliklarning fiziologik faol moddalari fanidan tayyorlagan mustaqil



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə1/5
tarix30.03.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#91625
  1   2   3   4   5
Ozoda Mustaqil ish


OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


Biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi 407-guruh talabasi Ro’ziqulova Ozodaning O’simliklarning fiziologik faol moddalari fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Vitaminlar. Fermentlar tuzulishi va spetsifikligi. Allosterik fermentlar

Qabul qildi: Soliyeva D



TOSHKENT-2023
Reja:


  1. Vitaminlar tavsifi va turlari.

  2. Fermentlar tuzulishi va spetsifikligi.

  3. Allosterik fermentlar.

  4. Xulosa

  5. Foyda;anilgan manbaalar



1.Vitaminlar tavsifi va turlari.
Vitaminlar (lot. vita - hayot),darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimda Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. Vitaminlarni ilmiy nuqtai nazardan oʻrganish 18-a.da boshlagan. Ingliz vrachi J. Lind (1757), fransuz fiziologi F. Majandi (1816), rus vrachi N. I. Lunin (1880), golland vrachi Eykman (1897), ingliz olimi F. Xopkins (1906)lar V.ni oʻrganishga juda katta hissa qoʻshdilar. Organizmda vitamin sintez qilinmaydi, kishi oʻzi uchun zarur.Uni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo boʻlmaganda avitaminoz paydo boʻladi. Uning asosiy manbai oʻsimliklardir (q. Vitaminli oʻsimliklar). Vitamin hosil boʻlishida mikroorganizmlar ham katta rol oʻynaydi. Ularning biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi taʼsir etishdan iborat. Organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir koʻrsatadi, hujayralarning normal oʻsishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini taʼminlaydi. V. organizmda energiya almashinuvida (V,, V2 V.), aminokislotalar (V6, V12 V.) va yog kislotalar (pantotenat kislota) biosintezida, fotoresepsiya jarayonida (A vitamin), qon ivishida (K vitamin) va kalsiyning oʻzlashtirilishida (D vitamin) ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay boʻlmasa, moddalar almashinuvi buziladi. Oziq-ovqatda V. yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay taʼsiriga chadami kamayadi. Vitamin yetishmovchiligiga ovqat tarkibida V. kam boʻlishigina emas, balki ularning ichakda soʻrilishi, toʻqimalarga yetkazib berilishi va biologik faol shaklga aylanishi jarayonlarining buzilishi ham sabab boʻladi. Lekin baʼzi vitaminlarning fiziologik ehtiyojdan ortiqroq boʻlishi gipervitaminozga olib kelishi ham mumkin.
Vitamij suvda eriydigan, yogʻda eriydigan va vitaminsimon birikmalarga ajratiladi. Yogʻda eriydigan V.ga A, D,"1 Ye va K, suvda eriydiganlariga V kompleksi vitaminlari va C, RR kiradi. V.dan tashqari organizmda turli oʻzgarishlarga uchrab V.ga aylanadigan moddalar — provitaminlar ham bor. Provitaminlarga karotinlar (A provitamin), D vitaminga aylanadigan baʼzi bir sterinlar (ergosterin va b.) kiradi. Odamning V.ga boʻlgan bir kunlik ehtiyoji organizmning umumiy holatiga, mehnat tarziga, sogʻ yoki kasalligiga bogʻliq. Odam hayoti uchun V.dan ayniqsa A, V, V2, C, D, RR ning ahamiyati katta.

Quyida koʻproq qoʻllaniladigan Vitaminlar tavsifi keltirildi.


Retinol (A vitamin) tabiatda keng tarqalgan. Oʻsimlik toʻqimalarida A provitamin (organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar) holida uchraydi. Koʻrish pigmentlari hosil boʻlishida qatnashib, organizmning normal oʻsishini, koʻzning turli darajadagi yorugʻlikka moslashishini taʼminlaydi. Organizmda retinol yetishmasa, teri qurishib oqaradi, qipiqlanadi, muguzlanadi, unda mayda toshmalar paydo boʻladi, terining yiringli kasalliklari avj oladi, soch quruq, xira boʻlib, toʻkila boshlaydi, tirnoq moʻrtlashib qoladi. Yoruqqa qaray olmaslik, shabkoʻryaik, konʼyunktivit, blefaritta asosan A vitamin yetishmasligi sabab boʻladi. A provitamin (karotin) oʻsimliklarda, ayniqsa ularning yashil barglarida, A vitamin hayvon va baliq jigarida, baliq moyida koʻp.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin