Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi 407-guruh talabasi Ro’ziqulova Ozodaning O’simliklarning fiziologik faol moddalari fanidan tayyorlagan mustaqil



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə3/5
tarix30.03.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#91625
1   2   3   4   5
Ozoda Mustaqil ish

Folat kislota (V, vitamin) baʼzi aminokislotalar almashinuvida va sintezida, shuningdek nuklein kislotalar sintezida qatnashadi, koʻmikning qon yaratish funksiyasini kuchaytiradi, V12 vitamin-ning yaxshi oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Folat kislota oʻsimlik va hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, jigar, buyrak va yashil barglarda koʻp. Ichak mikroorganizmlari folat kislotani koʻp mikdorda sintezlaydi.
Siankobalamin min) — yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon yaratilishi jarayonida qatnashadi. Organizmga ovqat b-n kiradi, u organizmda yetishmasa, kamqonlik paydo boʻladi. Siankobalamin mol jigarida ayniqsa koʻp. Tibbiyotda, chorvachilik va parrandachilikda keng qoʻllaniladi.
Pantotenat kislota (V5 vitamin) — oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida koʻp. Nerv sistemasi hamda buyrak usti va qalqonsimon bezlar faoliyatini normallashtiradi.
Askorbin kislota (S vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi toʻqimalarning oʻzlashtirilishida, bu toʻqimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Organizmda S vitamin yetishmasa, togʻay va suyak toʻqimalari tuzilishi buziladi, lavsha (singa) kasalligi roʻy beradi. Organizmda askorbin kislota hosil boʻlmaydi va toʻplanmaydi. S vitamin sabzavot va mevalarda boʻladi. Askorbin kislota turli polivitamin preparatlari tarkibiga kiradi.
Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almashinuviga, suyak hosil boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal oʻsishi va suyaklanishi davrida ayniqsa zarur. Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo boʻladi. Tunes, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai hisoblanadi.
Tokoferol (Ye vitamin, koʻpayish vitamini) muskul va jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi, ichki aʼzolarda yogʻda eriydigan barcha V., ayniqsa retinol toʻplanishiga yordam beradi. Oʻsimliklarning yashil qismi hamda ulardan olinadigan moyda (mas., kungaboqar moyida) moʻl boʻladi.
Filloxinon (K vitamin) — qon ivishining asosiy omillaridan biri. Organizmda K vitamin yetishmaganda turli aʼzolar (burun, milk, meʼda-ichak va b.)dan qon ketishi kuzatiladi. Filloxinon salat, karam, ismaloq, qichitqi oʻtning yashil qismida boʻladi. Yuqorida aytib oʻtilgan V.dan tashqari, organizm uchun zarur boʻlgan boshqa biologik faol moddalar (vitaminsimon birikmalar) ham bor. Bularga bioflavonoidlar, xolin, inozit, lipoat, orot, pangamat, paraaminbenzoat kislotalari va b. moddalar kiradi.
Meva, sabzavot va b. masalliqlar uzok, saqlanganda va notoʻgʻri pishirilganda V. kamayadi. V.dan eng beqarori askorbin kislota boʻlib, uni oftob, issiq va nam havo buzib qoʻyadi. Ovqat pishirganda V., ayniqsa askorbin kislota yaxshi saqlanishi uchun sabzavotni tez artib, yuvib. toʻgʻrab, qaynab turgan suvga solish, qozon qopqogʻini yopib qoʻyish kerak. V. preparatlari dorixonalarda mavjud, ammo biologik taʼsiri kuchli boʻlgani uchun V.ni faqat vrach maslahati b-n qabul qilish lozim.
Har qanday organizmning hayoti undagi kechayotgan modda almashininish jarayonlarining natijasidir.Bu ta'sirlanishlarni tabiiy katalizator,yoki fermentlar boshqaradi. Bu moddalarning boshqa nomi-enzimlar. «Ferment» atamasi lotincha fermentum,ya'ni «achitqi» degan ma'noni bildiradi.Tushuncha tarixiy tarzda,achish jarayonlarini o'rganilganda paydo bo'lgan.
Insoniyat bu fermentlarning foydali xususiyatlaridan ancha vaqtdan beri foydalanib kelmoqda.Masalan,asrlar davomida shirdon fermenti yordamida sutdan pishloq ishlab chiqariladi.
Fermentlarning katalizatorlardan farqi shundaki, ular tirik organizmda tа'sir qiladi,katalizatorlar esa-jonsiz tabiatda.Biokimyoning,hayot uchun o'ta muhim bo'lgan bu moddalarni o'rganuvchi yo'nalishi, enzimologiya deb ataladi.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin