Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Sifatning ma’no turlarini oʻrganishda adabiyot fanidan foydalanish



Yüklə 159,93 Kb.
səhifə11/14
tarix28.11.2023
ölçüsü159,93 Kb.
#168620
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Fayziyeva Azizaxonning

2.2. Sifatning ma’no turlarini oʻrganishda adabiyot fanidan foydalanish
Ona tili va dabiyot fanlari bir biri bilan uzviy boq’liqdir. Ular bir-biriga toʻldiradi va taqozo etadi. A. Tvardovskiyning fikri bilan aytganda: “Ona tilisiz adabiyot goʻzalligini, adabiyotsiz ona tilini toʻliq egallash mumkin emas”30 Shu sababli ba’zi tilshunoslarimiz ona tili va dabiyot darslari tashqi integartsiya emas, balki oʻzaro ikki tomonlama integratsiya, deya ta’kidlashadi. “ ona tilini dabiyot fani bilan integratsiyalashni ikki tomonlama integartsiyalash deb yuritish xato boʻlmaydi”31
Ona tilida darslarida oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirish, nutq madaniyatini rivojlantirish ushbu oʻquv fanini oʻqitishning asosiy maqsadlaridan sanalar ekan, ta’lim mazmuni ham, metod va usullari ham ana shu maqsadlarga xizmat qila oladigan etib belgilanadi. Oʻquvchi nutqini shakllantirish va rivojlantirishda sifatning ma’no turlarining oʻrni beqiyosdir. Sababi, nutq egasi uslubiy neytral soʻzlar, soʻzshakllari, sintaktik birliklarni qoʻllab fikr bayon qilsa, oʻz fikrlarini tasvir muhokama tarzida yozma shakllantirsa, bunday nutq ta’sirchalik sifatiga ega boʻlmaydi. Ta’sirchalik boʻyoqdor soʻzlar, chiroyli oʻxshatishlar, shirali jumlalar tuzish orqali yaratiladi. Ushbu unsurlarni shakllantirishda esa, xususiyat, rang-tus kabi bir qator sifat ma’no turlarining ahamiyati katta.
Oʻquvchilarga sifatning ma’no turlarini oʻrgatishda adabiyot fanining oʻrni beqiyosdir. Sababi, shoir va yozuvchilarning asarlaridan sifatning ma’no turlari qatnashgan qismlaridan parchalar keltirib, topshiriqlar ishlab chiqish mumkin. Bunda oʻrgatuvchidan mahorat, ijodiy fikrlash va shu bilan birga topqirlik ham talab qilinadi. Oʻqituvchi matn topishda turli asarlarga murojaat qilishi mumkin. Bugungi kundagi “Ona tili” darsliklarida badiiy asarlardan olingan terma gaplar, parchalarga kengroq oʻrin ajratilayotganligining sababi ham nutqning kommunikativligini ta’minlash zaruriyati bilan belgilanmoqda, desak xato boʻlmaydi. Mashqlarda bunday matnlardan foydalanish oʻquvchilarning dunyoqarashiga ham, tarbiyasiga ham, nutqiga ham oʻzining ijobiy ta’sirini koʻrsatmoqda. 6-sinf ona tili darsligida ham mashqlar uchun matnlar badiiy asarlar, rivoyatlardan parchalar asosida keltirilgan. Xususan, darslikdagi “Xususiyat, hajmoʻlchov, makon-zamon sifatlari” mavzusidagi 379-mashq matni Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan olingan:
379-mashq. Nuqtalar oʻrniga berilgan sifatlardan mosini qoʻyib koʻchiring va ularga izoh bering.
Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sugʻorayotgan edim, …“Moskvich” kelib toʻxtadi. Mashina eshigi ochilib, …gavdali yigit tushib keldi, taniy olmadim.

  • Hormang, dehqonchilik zoʻr-ku! –dedi … yigit doʻrillagan ovoz bilan.

Shunda hayratdan baqirib yubordim:

  • Iya, Toymisan?

Ha, xuddi oʻsha Toyning oʻzi. Faqat shuncha boʻy, bunaqa … qoʻl-oyoqlarni qayoqdan oldi ekan?

  • Poshsha oyimlarni koʻrgani keldim! –dedi … qomatiga uncha mos kelmaydigan alpozda muloyim jilmayib. (Oʻ. Hoshimov)

Soʻzlar: katta, notanish, bahaybat, yap-yangi, zabardast, uzun. 32

Yüklə 159,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin