2.3. Sifatlarning ma’no turini talqin qilishda lingvokulturologiya sohasidan foydalanish Integratsiya goʻyoki bilim berishda zarur emasga oʻxshaydi, biroq u insonning dunyoni kengroq tushunishi uchun bir yoʻl boʻlib, u orqali oʻquvchilar dunyoqarashi kengayadi: til, san’at, tarix, musiqa, madaniyatimiz va adabiyotimizning qonuniyatlarini chuqur anglaydi, aloqadorlikni bilib oladi. Ayniqsa, til va madaniyat bir-biri bilan chambarchas bogʻliq tushunchalardir.
Til – madaniyatning koʻzgusi boʻlib, unda nafaqat insonni oʻrab olgan real borliq, uning real yashash sharoitlari, balki xalqning ijtimoiy oʻzini oʻzi anglashi, uning mentaliteti, milliy xarakteri, hayot tarzi, an’analari, urf-odatlari, axloqi, qadriyatlar yigʻindisi va dunyoqarashi ham aks etadi.
Til – madaniyat xazinasi, sandigʻi, majmuyidir. U leksika, grammatika, iboralar, maqol va matallar, folklor, badiiy va ilmiy adabiyot, ogʻzaki va yozma nutqda madaniy qadriyatlarni saqlab keladi33.
Shuni ta’kidlash lozimki, agar til va madaniyat bir-birini taqozo etadigan, bir-biriga bogʻliq ijtimoiy hodisa boʻlsa, bu ikkisining birlashishi natijasida alohida fan sifatida paydo boʻlishi, rivojlanishi lingvistikaning bir qismi sifatida oʻrganilishi XX-XXI asrlarda jadal tus oldi. XX asrga kelib til va madaniyatning alohida fan sifatida tashkil etilishiga katta ehtiyoj paydo boʻldi va lingvokulturologiya fani shu tariqa paydo boʻla boshladi.
Til va madaniyatni uygʻunlikda oʻrganish masalasi dolzarbligi, tilshunoslikda yangi bir lingvistik oqim yuqorida ta’kidlab oʻtganimiz lingvomadaniyatshunoslik fanining vujudga kelishiga sabab boʻldi. Lingvokulturologiya bu tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlarining oʻzaro toʻqnashuvidan hosil boʻlgan murakkab ilmiy fan yoʻnalishidir.
Har bir millatning oʻziga xos turmush tarzi, yashash muhiti va sharoiti, fikr hamda mulohazalarni qabul qilib, tushungan holda idrok etishi uning tilida aks etadi. Tilning milliy-madaniy belgisi bu, har bir xalqning yashayotgan joyining tabiati, u xalqning ijtimoiy- iqtisodiy tuzumi ogʻzaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san’ati, fani, san’ati, fani , urf-odatini oʻzida aks ettirib, toʻplab, avloddan- avlodga yetkazib berishidadir. Endi shakllanayotgan oʻquvchi sifat turkumiga oid soʻzlarni qanchalik koʻp bilsa, shuncha nutqi ta’sirchan, oʻxshatishlarga boy boʻladi. Ma’lumot oʻrnida shuni aytishimiz mumkinki, “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” da 5000 ga yaqin belgi bildiruvchi soʻzlar mavjuddir. Ushbu sifatlarning 540 tasi (200 tasi ijobiy boʻyoqli, 270 tasi salbiy boʻyoqli, 70 tasi neytral ma’noli sifatlar) xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar, insonga xos holatni ifodalovchi sifatlar 550 tani, predmetga xos holatni bildiruvchi sifatlar 780 tani, turli hodisalarning belgilarini bildiruvchi sifatlar 420 tani, shakl-koʻrinish ifodalovchi sifatlar 50 tani, hid bildiruvchi sifatlar 14 tani, vazn bildiruvchi sifatlar 12 tasini , qolganlari esa rang-tus, hajm-oʻlchov, oʻrinpaytga munosabat bildiruvchi ya’ni makon-zamon sifatlarini tashkil qiladi. Bu statistik ma’lumot, albatta, nisbiy. Zero, oʻzbek dialektida shevaga xos soʻzlar orasida izohli lugʻatga kiritilmagan koʻplab sifatlar mavjud.
Yuqoridagi statistik ma’lumotlarga asosida, sifatning ma’no guruhlariga oid soʻzlarni madaniyatshunoslik fani bilan uygʻun tarzda ham oʻrganish mumkin. Sababi, tilshunoslikda ma’lum boʻlmagan, faqat shevalarda uchraydigan, sifat ma’no guruhlaridan birini ifodalaydigan soʻzlar ham mavjud. Ular orasida rang-tus sifatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, odamlar mahalliy madaniyati va odatlariga koʻra, ranglarga turlicha ahamiyat berishlari mumkin. Masalan, baʻzi osiyoliklar qizil rangni omad va bayramlar bilan bogʻlashadi, Afrikaning ayrim joylarida esa, uni mota’m rangi deb hisoblashadi. Har xil dinga eʻtiqod qiluvchilar turli rangdagi kiyimlari bilan farqlanadi. Masalan, budda diniga eʻtiqod qiluvchilarda pushti, nasroniylarda qora, musulmonlarda oq ranglardagi liboslar kiyish odat boʻlgan. Bundan tashqari, Oʻrta Osiyo xalqlari orasida “Oq solar” udumi boʻlib, u aza davrining tugashi mota’m libosini tashlash odatidir. Marhumning qarindosh yoki yaqinlari vafot etgan yaqini xotirasi uchun dafn marosimida aza belgisi sifatida koʻk, oq kiyim kiyganlar. Yil marosimida “oq solor” – motam libosini oʻzgartirish ma’rakasi qilingan. Aksariyat azador ayollar bir-birining boshlariga biror kiyimlik mato qoʻyib, “oqing muborak boʻlsin, koʻrgan-kechirganing shu boʻlsin, boshqa oʻlim boʻlmasin” deyishgan. E’tiborlisi shundaki, musulmon diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlardagi mota’m marosimlarida marhumning yaqinlari oq rangdagi libos kiyishsa, Turkiya, Ozarbayjon kabi davlatlarda mota’m libosi sifatida qora rangdagi kiyim kiyishadi. Bu esa, yuqoridagi davlatlarning Yevropa mamlakatlariga yaqin joylashganligi, turli madaniyatlarning bir-biriga oʻzaro ta’siri natijasidir.
Oʻrta Osiyo hududidagi koʻpchilik xalqlar orasida ishlatiladigan oq rang-tus sifatiga aloqador yana bir ata’ma mavjud boʻlib, u “oqsoqol” dir. Bu ata’ma e’tiborli, nufuzli, yoshi ulugʻ kishilarga nisbatan ishlatilgan. Urugʻdoshlik jamiyatida oqsoqol – urugʻ boshligʻi, feodallizm davrida patriarxal- feudal vakili. Hozirgi vaqtda ham bu ata’ma oʻz ma’nosini yoʻqotmagan.
Rang-tus sifatlari har bir millatning madaniyati, urf-odati bilan hamohang boʻlib, xalqning turmush tarzi, dunyoqarashining oʻziga xosligini ifodalaydi. Xalqimizda “qora” soʻzi bilan bogʻliq turli tushunchalar mavjud. “Qora” soʻzining bosh, asosiy ma’nosi rang boʻlsa, salbiy ma’nosi bir nechtadir. Oʻqimagan, savodsiz, avom
Maxsus malaka, hunar talab qilmaydigan, qoʻl kuchi bilan har kim qilaveradigan ish
QoraOgʻirchilik, vazminlik bilan bogʻliq boʻlgan, mashaqqat Koʻngilsiz, noxush
“Qora” soʻzida yuqoridagi salbiy ma’nolardan tashqari, ijobiy ma’no ham mavjud. Qora soʻzi - “kuchli, qudratli” degan ma’noni ham bildiradi. Bunga tilshunos olimlarimizdan biri Kononov Qoraxon (Qoraxoniylar sulolasi asoschisi) tipidagi soʻzlarni asos qilib koʻrsatadi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarga sifatning ma’no guruhlariga a’loqador qiziqarli ertak, rivoyat yoki afsonalar ham soʻzlab berishi mumkin. Bunga misol qilib, Nuh paygʻambar haqidagi afsonani keltirishimiz mumkin.
“Nuh paygʻambar oilasi bilan birga kemadan chiqqandan soʻng, Xudo ularga rang-barang kamalakni koʻrsatdi. Bu, insoniyatni toʻfon orqali yoʻq qilmaslik haqidagi Uning va’dasini eslatib turadigan belgidir”.34 Ushbu esda qoladigan va rangli timsol, chiroyli tarzda sifatlarning ma’no turlarini oʻrganayotgan oʻrganuvchi ongiga muhrlanib qoladi.
Sifatning ma’no guruhlarini oʻrgatishda xalq maqollaridan ham unumli foydalanish mumkin. Buning uchun, darslikda keltirilgan mashqlardan chekinib, oʻqituvchi topshiriq ishlab chiqishi lozim. Oʻzbek xalq maqollari, hikmatli soʻzlar, ma’naviyatimizning goʻzal ifodasidir. Ona tili va lingvokulturologiya fanlarini uygʻunlashtirishda maqollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, bu jarayondan darsning mustahkamlash bosqichida foydalanish oʻrinlidir.
“Gʻurur” guruhi. Tatar tilida sifatning quyidagi ma’no turlari ajratiladi. Bular:
oʻzakdan anglashilgan ma’noga ega emaslikni ifodalovchi sifatlar; - predmetlarning oʻxshash xususiyatlarini ifodalovchi sifatlar;
“Oʻzlik” guruhi. “Ozarbayjon tili grammatikasi”da sifatlarning rang bildiruvchi (girmizi, gara), hajm-oʻlchov bildiruvchi (dar, derin), inson va hayvonlarning fizik va fiziologik xususiyatlarini bildiruvchi (chovon, chocha) ma’naviy xarakter-xususiyatlarini bildiruvchi (chogach, tenbel), baholash sifatlarini bildiruvchi sifatlar (jaman, jaxshi) kabi ma’no turlari tasniflanadi.
“Sharaf” guruhi. Turk tilidagi sifatlar ma’nosiga koʻra quyidagicha tasniflanadi:
sezgi orqali his etiladigan holat-xususiyatlarni bildiruvchi sifat;
fazo va makonni bildiruvchi sifatlar; - tashqi fizik xususiyatlarini ifodalovchi soʻzlar;
yuqoridagi guruhlarga kirmagan sifatlar.
XULOSA
Bitiruv malakaviy ishi yuzadan quyidagi xulosalarga kelindi:
Ta’lim bosqichlarida sifat ma’no guruhlarini oʻrganishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishga oid amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining, shuningdek, fan dasturi va darsliklarining tahlili natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:
Oʻzbek tilshunosligida Sifat ma’no guruhlarini integrative yondashuv asosida oʻrganish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Ammo sifat ma’no guruhlari tasnifi masalasida I.Hamdamova, M.Sodiqova, A.Hoshimov, F.Najmiddinov kabi tilshunos olimlarimiz oʻzlarining qimmatli fikrlarini aytib oʻtishgan.
Ona tili va adabiyot fanlarini integratsiyalash borasida Niyozmetova R., Mavlonova K. larning “Ona tili va dabiyot darslarini oʻzaro integrallash” nomli maqolalari koʻrib chiqildi.
Oʻquv fanlari va mavzularni integratsiyalashning ilmiy, pedagogik asoslarini ishlab chiqish natijasida ta'lim samaradorligi oshadi hamda ortiqcha kuch, zoʻriqish sarflanishlarining oldi olinadi. Shuning uchun biz aynan ta'limga integrativ yondashuv muammosini tadqiq etish bu ma’lum bir mavzularni oʻqitish masalasi bugungi kunda dolzarb muammolardan biriga aylangan. Chunki integratsiya orqali dars tashkil qilinsa yoki ma’lum bir bilimlarni oʻrganishda qoʻllanilsa, nafaqat, dars qiziqarli oʻtadi, balki oʻquvchilar dunyoqarashi kengayadi, atroflisha bilimga ega boʻladi va mavzuni yaxshiroq tushunadi.
Umumta’lim maktablarining “Ona tili” oʻquv dasturidan oʻrin olgan “Sifatning ma’no guruhlari” mavzusi va ular uchun ajratilgan oʻquv soatlari oʻquvchilarga bu boʻlim yuzasidan yetarlicha bilim berishga, ularda shu mavzular boʻyicha koʻnikma va malakalar hosil qilishga imkon beradi. Darsliklarda mavzuga oid termin-tushunchalar, oʻqitilishi lozim boʻlgan grammatik qoidalar, ulardagi ilmiylik oʻquvchida bu mavzu yuzasidan yetarlicha bilim olishga, koʻnikma va malakalar hosil qilishga moʻljallangan. Sifatning ma’no guruhlarini integrativ tarzda oʻrganish oʻquvchining tafakkurini oʻstirishga, bogʻlanishli nutqini shakllantirishga, ularning soʻz boyligini oshirishga, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishga yordam berishi ishimizda bayon qilingan. Akademik litseylarning “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” oʻquv dasturini umumta’lim maktablarining “Ona tili” oʻquv dasturining uzviy davomi deb aytish mumkin, chunki maktab dasturida sof nazariy leksik bilimlar berilishi nazarda tutilgan boʻlsa, akademik litseylarning bu oʻquv dasturida uning uslubiy xususiyatlariga e’tibor berish koʻzda tutilgan. Ammo, ummumta’lim maktablarining ona tili darsliklari oʻrtasida sifat ma’no guruhlarlari turli xil tasniflangan boʻlsa, akademik litseyning HOʻAT darsligida esa bu masalaga umuman toʻxtanilmagan. Xulosa shuki, ushbu mavzu umumta’lim maktablarining “Ona tili” va akademik litseylarning “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” oʻquv dasturlari darsliklarida “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da aks ettirilgan ta’limning uzviyligi va uzluksizligi, nazariya va amaliyotning oʻzaro aloqadorligi tamoyili talablariga mos tarzda aks ettirilmagan.
Integratsiya jarayoni hozirgi zamon sharoitida insoniyat faoliyatining barcha sohalariga tez sur’atlar bilan kirib bormoqda. “Fanlar integratsiyasi”deyilganda turli sohadagi bilimlarni, ilmiy tadqiqotlarning umumiy vazifalarini oʻzaro biriktirib oʻrganilish tushuniladi. Sifatning ma’no turlarini oʻrganishda adabiyot, tasviriy san’at, lingvokulturologiya, psixologiya kabi bir qator fanlar bilan integrativ tarzda oʻrganish mumkin.
Demak, oʻquvchilarga sifatning ma’no turlaridan rang-tus sifatlarini psixologiya bilan uygʻunlikda oʻrganish ham qiziqarli, ham foyadalidir. Bunda darsning dam olish daqiqalarida, rang-tus sifatlarining inson psixikasiga ta’siri borasidagi psixolog olimlarning tadqiqotlari va ularning natijasini qiziqarli ma’lumot sifatida aytib berish mumkin.
Oʻquvchilarga sifatning ma’no turlarini oʻrgatishda adabiyot fanining oʻrni beqiyosdir. Sababi, shoir va yozuvchilarning asarlaridan sifatning ma’no turlari qatnashgan qismlaridan parchalar keltirib, topshiriqlar ishlab chiqish mumkin. Bunda oʻrgatuvchidan mahorat, ijodiy fikrlash va shu bilan birga topqirlik ham talab qilinadi. Oʻqituvchi matn topishda turli asarlarga murojaat qilishi mumkin. Bugungi kundagi “Ona tili” darsliklarida badiiy asarlardan olingan terma gaplar, parchalarga kengroq oʻrin ajratilayotganligining sababi ham nutqning kommunikativligini ta’minlash zaruriyati bilan belgilanmoqda, desak xato boʻlmaydi. Mashqlarda bunday matnlardan foydalanish oʻquvchilarning dunyoqarashiga ham, tarbiyasiga ham, nutqiga ham oʻzining ijobiy ta’sirini koʻrsatmoqda.
Har bir millatning oʻziga xos turmush tarzi, yashash muhiti va sharoiti, fikr hamda mulohazalarni qabul qilib, tushungan holda idrok etishi uning tilida aks etadi. Tilning milliy-madaniy belgisi bu, har bir xalqning yashayotgan joyining tabiati, u xalqning ijtimoiy- iqtisodiy tuzumi ogʻzaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san’ati, fani, san’ati, fani , urf-odatini oʻzida aks ettirib, toʻplab, avloddan- avlodga yetkazib berishidadir. Endi shakllanayotgan oʻquvchi sifat turkumiga oid soʻzlarni qanchalik koʻp bilsa, shuncha nutqi ta’sirchan, oʻxshatishlarga boy boʻladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarga sifatning ma’no guruhlariga a’loqador, xalqimizning oʻziga xos madaniyatini, urf-odatlarini, mentall xususiyatlarini koʻrsatib bera oladigan qiziqarli ertak, rivoyat yoki afsonalar ham soʻzlab berishi, xalq maqollaridan foydalangan holda topshiriqlar ishlab chiqishi mumkin.
Sifatning ma’no guruhlarini integrativ yondashuv asosida oʻrganish darslari innovatsion texnologiya asosida tashkil qilinganda, asosan, oʻquvchilarda hamkorlikda ishlash koʻnikmasi shakllanadi, umumiy vazifalar yechimini topishda bir-birlariga koʻmak beradilar, oʻquvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlash malakalari tarkib topadi, oʻquvchilar oʻz ishlari natijasiga, oʻqishga, ta’lim olishga shaxsan mas’ullikni his qiladilar. “Aqliy hujum”, “Klaster yoki tarmoqlanish”, “Insert” , “Venn diogrammasi” kabi texnologiyalarni, “Kim zukko?”, “Davom ettir” kabi oʻyin texnologiyasiga xos metodlarni sanab oʻtdik.
Ona tili darslarida “Sifat ma’no guruhlari” mavzusini integrativ
oʻqitishda qoʻllaniladigan mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqdik. Shuningdek, akademik litsey hamda Oliy ta’lim muassasalari talabalarining mavzu yuzasidan bilimini takrorlash hamda dunyoqarashi, tafakkurini kengaytirish maqsadida qiyosiy integratsiya va ular ustida ishlab chiqilgan topshiriqlarni tavsiya qildik.