Oliy talim, fan vainnovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti


Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi mashg’ulotlar berilgan mavzu bo’yicha ham materialni mustahkamlashga bag’ishlanadi



Yüklə 197,25 Kb.
səhifə8/16
tarix12.04.2023
ölçüsü197,25 Kb.
#96739
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bolalarni butun predmetni teng bo\'laklarga bo\'lishga urgatish

Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi mashg’ulotlar berilgan mavzu bo’yicha ham materialni mustahkamlashga bag’ishlanadi.

Mashg’ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu mashqlar o’ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, “Kim qaysi o’yinchoqlarni sanadi?, O’yinchoqlar nechta?” kabi o’yin-mashqlardan boshlash mumkin. Bulardan katta guruhda foydalanish mumkin. (Chaqirilgan bolalar tarbiyachi ko’rsatmasiga binoan o’yinchoqlarni sanab chiqadilar, so’ngra o’yinchoqlar salfetka bilan yopiladi, shundan keyin bolalar u yoki bu o’yinchoqdan nechtadan bo’lganini yoki kimda o’yinchoqlar borligini va o’yinchoqlar qancha bo’lganini topadilar). Shunday qilib, dasturning har bir bo’limi ketma-ket o’tkaziladigan bir necha mashg’ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashg’ulotdan mashg’ulotga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi.

Dasturning bir bo’limidan ikkinchi bo’limiga o’tishda o’tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o’zlashtirilgan bilimlar bilan bog’lashni ta’minlash katta ahamiyatga ega.

Yangi materialni o’rganish jarayonida o’tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratish, uning puxta o’zlashtirilishiga imkon beradi.

Odatda yangi mavzuni uch – besh mashg’ulot davomida, oldin uning birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o’rganiladi. Mavzuni ikki hafta, ba’zan uch hafta o’tganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri brogan sari dasturning har bir o’rganilgan bo’limi o’quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo’lib turishi kerak.

Shu munosabat bilan bir mashg’ulotning o’zida dasturning bir bo’limiga yoki har xil bo’limning, “Miqdor”, “Sanoq”, “Kattalik”, “Shakl” va boshqa bo’limlariga oid masalalar o’rganilishi va takrorlanishi mumkin.

O’qitishning hamma bo’limlari bo’yicha dasturni bolalar izchil o’rganishini va ularda elementar matematik bilimlar sistemasini shakllantirishni shunday qilib ta’minlash mumkin bo’ladi.


Yüklə 197,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin