Kurs ishining maqsadi: Ertangi kunimizning munosib vorislari sanalgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog`i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi.
Kurs ishining ob’ekti:Maktabgacha ta’lim tizimida masalalarni modellashtirish usullarini tadqiq etish axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarni mustaqil fikrlash faoiyatini rivojlantirish. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta`lim oluvchining faoliyatni faollashtirish va intensivlashtirish, o`quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo`naltirilgan ta`limni ifodalaydi.
Kurs ishining predmeti: Ushbu kurs ishida bolalarga matematikaga yondoshuv o`quv jarayoni ishtirokchilarning psihologik birligi va o`zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faollashtirishi va o`z-o`zini ko`rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Kurs ishining vazifalari: Masalalar yechishga o`rgatishda hozirgi kunda yangicha yondashuvni talab qiladi. Maktabgacha ta’limda masalalarni modellashtirib yechish masalani dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois, ushbu malakaviy ish mavzusi bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, I-II-III bob va xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I.BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni predmetlar bilan tanishtirish Tushuncha-bu predmetlar va xodisalarni ba’zi bir muxitni alomatlariga ko’ra farqlash yoki umumiylashtirish natijasidir. Masalan, son, miqdor, kesma, to’g’ri chiziq va xokazo. Alomat (belgi) esa predmet yoki xodisalarning bir- biriga o’xshashligi, tengligi yoki farqlanishini bildiruvchi xossadir. Predmetlar deganda obyektlar nazarda tutiladi. Odatda, obyektlar ma’lum muhim va muhim bo’lmagan xossalarga ega. Muhim xossa faqat shu obyektga tegishli va bu xossasiz obyekt mavjud bo’la olmaydigan xossalarga aytiladi. Obyektning mavjudligiga ta’sir qilmaydigan xossalar muhim bo’lmagan xossalar xisoblanadi. Obyekt nimani anglatishini bilish uchun uning xossalari mavjud bo’lsa, u xolda bu obyekt xaqida tushuncha mavjud deyiladi. Tushuncha nomlanadi, shuningdek, mazmun va hajmga ega bo’ladi. Obyektning barcha muhim xossalari birgalikda tushunchaning mazmunini tashhil etadi. Bir xil muhim xossalarga ega bo’lgan obyektlar to’plami tushuncha hajmini tashhil etadi. Demak, tushuncha hajmi bitta tushuncha bilan nomlanishi mumkin bo’lgan obyektlar to’plami ham ekan. Matematik tushunchalar o’z navbatida insoniyat to’plagan katta tajribani umumlashtirish natijasida yuzaga keladi va moddiy dunyoning tub mohiyatini aks ettiradi, lekin real obyektlarning ko’pgina xossalaridan ko’z yumgan xolda ularni ideallashtirish natijasida xosil bo’ladi. Matematik tushunchalarni shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarni matematiqani o’rgatishga tayyorlash maktabning zarur predmetlaridan biri sifatida tan olingan. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining bosh masalasi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu o’z navbatida dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini o’rganish kabi vazifalarni bajarish orqali yechiladi. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jixatlari psixologik, pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi: