Tayyorlov guruhda bolalarni miqdor, kattaliklar bilan tanishtirish. Miqdor, kattalik. Shartli o‘lchov bilan tanishtirish. Shartli o‘lchov yordamida predmetlarning kengligini, uzunligini o‘lchash va taqqoslashga o‘rgatish.
Suyuq va to‘kiluvchi jismlarni shartli o‘lchov birligi bilan o‘lchashni va o‘lchash natijasini son bilan aytishni o‘rgatish. Turli narsalar (mevalarni, sabzovotlarni va boshqalar)ni ikki teng qismlarga bo‘lishni o‘rgatish, olingan qismlarni “yarim”, “ikkidan bir qism” deb atashga o‘rgatish.
Bolalarni shartli o‘lchov yordamida predmetlar kengligi, uzunligini o‘lchashga o‘rgatishni davom ettirish va o‘lchash natijasini son bilan aytishga va tegishli raqamlar bilan belgilashga o‘rgatish. Turli narsalar (geometrik shakllar, mevalarni va boshqalar)ni o‘nta teng qismlarga bo‘lishni o‘rgatish.
Ko‘z bilan chamalab o‘lchashni rivojlantirishni davom ettirish, o‘z chamasini o‘lchov birligi bilan o‘lchab ko‘rib tekshirishga o‘rgatish.
Kattalik. Maktabga tayyorlash guruhida o‘quv yili boshida bolalarda buyumlarning uzunligi, kengligi, balandligini aniqlash malakasi mustahkamlanadi. Shundan keyin ular shartli o‘lchovlar yordamida buyumlarning uzunliklari, kengliklari va balandliklarini o‘lchash hamda taqqoslashga o‘rgatiladi.
Bolalarga eng oldin o‘lchashning ma’nosi va ahamiyatini tushuntirish, o‘lchash usullarini ko‘rsatish, o‘lchashda amal qilish lozim bo‘lgan qoidalarni aytish kerak. Shundan keyin bola har xil obyektlarni o‘lchash usullarini amalda egallaydi.
Mashg‘ulotlarni sochiluvchi jismlarning hajmlarini o‘lchashdan boshlash maqsadga muvofiq. Bunday qilish shuning uchun ham maqsadga muvofiqki, sochiluvchi jismlarni o‘lchash jarayoni masofalarni o‘lchashga nisbatan qiziqarliroqdir. Bundan tashqari, sochiluvchi jismlar hajmini o‘lchash suyuqlik hajmini o‘lchashga qaraganda kam mashaqqatlidir. Birinchi mashg‘ulotning ikkinchi qismida bolalarni buyumlarning uzunliklarini o‘lchash bilan tanishtirish mumkin.
Xulosa Xulosa o`rnida aytish mumkinki mashg'ulot vaqtida bolalarga qurilishning eng zarur usullari ko'rsatiladi, shuning uchun mashg'ulot uzoq cho'zilmasligi (10-12 daqiqadan oshmasligi) kerak. Qurish-yasash mashg'ulotlarini o'quv yilining birinchi yarmida o'tkazish maqsadga muvofiqdir, ikkinchi yarmida esa o'yinlar bilan chegaralansa ham bo'ladi. Mashg'ulotning maqsadi qurish-yasashning hamma usullarini ko'rsatishdan iborat: qurilishni qurishda qurish-yasashning hamma usullari ko'rsatishni va harakat bilan tushuntirish, tayyor qurilgan namunani ko'rsatish va unga kirgan elementlarni tahlil qilish. Namuna sifatida qurilish materiallaridan nimalar yasash mumkinligini ko'rsatuvchi tayyor qurilishdan foydalanish. Bolalar bino, inshootni qurishni bilib olishlari uchun (baland poydevorning ustini qanday bekitish, bir detalni qanday qilib boshqasi bilan almashtirish, tekislikni qanday kengaytirish va shu kabilar) qurilishning ayrim detallarini ko'rsatish. Tarbiyachi tomonidan bajarilayotgan qurilishning. Bunday qilishga turli to‘plamlarni solishtirish orqali erishish lozim.
6 yashar bolalar gruppasida qo‘shni sonlar orasida munosabatlarni tushuntirish yana ham chuqurlashtirilib, bolalar son, funktsiyani bajarishi, ya’ni miqdorni va tartibni ko‘rsatishi bilan tanishadi. Bu bilan bolalar ongida sonlar qatori qat’iy bir sistemada bo‘lishi tushunchasi shakllanib, har bir sonning tarkibi o‘zidan kichik ikki sondan iborat bo‘lishi ham o‘rgatiladi. Bu tariqa ber ilgan ma’lumotlar bolalarni arifmetik amallarni tushinish va o‘zlashtirishga tayyorlaydi.
Bolalarga ta’lim berish programmasidagi bunday izchillik tartibi bolalarni konkret narsalar bilan bog‘liq bo‘lgan sanoq faoliyatidan sonlar bilangina ishlash, ya’ni hisob faoliyatiga ko‘chish imkonini tug‘diradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qarori. 2016 yil, 29 dekabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528- sonli Qarori. 2017 yil, 19 iyul.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni. 2017 yil 30 sentabr.
4. Bikbaeva N.U., Ibragimova Z.I., Qosimova X.I. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish. – T.: O‘qituvchi, 2016 y. 12. Bikbaeva N.U, Ibragimova Z.I., Qosimova X.I. Maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish.–T.O‘qituvchi, 2015 y.
5. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T, 2017.
6.Roziqova M,Umarova K,Murodova N.Maktabgacha ta’lim muasasalarining tarbiyalanuvchilari uchun rivojlantiruvchi o’yinlar majmuasi.-Toshkent,2013y.
7. Sodiqova SH.A. Maktabgacha pedagogika. – T, 2018.
Xorijiy adabiyotlar: 8.Axler S., F.W. Gehring: Graduate Texts in the Mathematics. Springer.
March, 2019.
9.John. C. Sparks: The handbook of Essential mathematics. Air Force
Publication. March, 2019
10.The National Strategies Primary: Numbers and Patterns. December,
2015