Bolalarni butun predmetni teng bo\'laklarga bo\'lishga urgatish
Katta guruhda bolalarni buyumlarning miqdor, kattaliklari bilan tanishtirish Miqdor, kattalik. Uzunligi, kengligi har xil bo‘lgan bir necha predmetni (10 tagacha) bir-birining ustiga uzunligi, kengligiga, qalin-yupqaligiga ko‘ra ortib va kamayib boradigan tartibda qo‘yib qiyoslashni o‘rgatish (eng keng, torroq, yana torroq, eng tor lenta). Predmetlar qanday tartibda terib chiqilganini tushuntirib berishga o‘rgatish.
Turli uzunlikka, kenglikka, balandlikka ega predmetlarni ko‘payib borish yoki kamayib borish tartibida (10 tagacha bo‘lgan predmetlardan foydalanib) terib chiqishga o‘rgatish, masalan: baland, past, yanada past, yanada pastroq, eng past. Butunni 2 ta, 4 ta teng qismga bo‘lishni, butun bilan qismni taqqoslashni o‘rgatish.
Shartli o‘lchov bilan tanishtirish. Taqqoslanayotgan predmetlardan biriga teng bo‘lgan o‘lcham yordamida ikkita predmetni uzunligi (kengligi, balandligi)ga qarab taqqoslashga o‘rgatish.
Narsalarni ko‘z bilan chamalab, miqdori, kattaligi (uzun (qisqa), keng (tor), enli (ensiz), baland (past), qalin (yupqa)) kabi namuna va unga teng bo‘lgan bolalar uchun tanish narsalar yoki harakatlar natijasida qiyoslanuvchi narsalarning o‘lchamini aniqlashga o‘rgatish.
Kattalik. Katta guruhda ishlash bolalarning masofalarning har xil turlari haqidagi tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi.
“Uzunlik”, “kenglik”, “balandlik”, “qalinlik”, “yo‘g‘onlik” buyumlarning kattaliklarida mustaqil oriyentir olish tushunchalarini egallab olish, ularni taqqoslash va kattaliklar bo‘yicha munosabatlarini tushunib olish imkonini beradi.
Buyumlar orasida kattalik bo‘yicha konkret munosabatlarni o‘rnatish tajribasi qanchalik boy va turli-tuman bo‘lsa, keyinchalik bolalarni bu munosabatlarni umumlashtirishga, konkret tavsiflarni abstrakt ta’riflarga, ya’ni “teng”, “ortiq”, “kam” (“katta”, “kichik”) tushunchalariga o‘rgatish shunchalik oson bo‘ladi.
Bolalar buyumlarning kattaliklarini taqqoslashga va uning oldin buyumlar masofalarining bir turi bilan farq qiladigan holda, keyinroq masofalarning ikki turi, nihoyat, uch turi bilan farq qiladigan hollarda aniq belgilashga o‘rganadilar.