1/27/23, 9:45 PM
59-сон 31.01.2020. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4725554#-4727760
6/9
Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga bazaviy stipendiyaga nisbatan 50 foizgacha miqdorda
rag‘batlantirilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
19 . To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar, yetim bolalar va ota-ona
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni
rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan
50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
(19 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
20. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga oliy ta’lim muassasasida davlat granti va to‘lov-
kontrakt asosida ta’lim olayotgan alohida iqtidorga ega, xalqaro, respublika va oliy ta’lim
miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblari, shuningdek, oliy
ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda
(kasalligi yoki oila a’zolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10
baravargacha miqdorda bo‘lgan bir martalik rag‘batlantirish yoki moddiy yordam to‘lovi
berilishi mumkin.
Bunda, stipendiya to‘lovlariga ajratilgan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti
mablag‘larining hisobot davri yakuni bo‘yicha bo‘shab qolgan qismini talabalarni qo‘shimcha
ravishda moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirishga ruxsat beriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
20 Oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot
yetakchisi bo‘lgan bakalavr va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalarga, ularning
ta’lim olish turi (grant yoki to‘lov-shartnoma asosida) va o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i
nazar, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy stipendiyaning besh baravari miqdorida har
oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(20 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
20 . Oliy ta’lim muassasalaridagi bakalavr va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan
to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga, ularning ta’lim olish turi (grant yoki to‘lov-shartnoma
asosida) va o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy
stipendiyaning 50 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(20 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Dostları ilə paylaş: