59-сон 31.01.2020. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
8-bob. Talabalarga stipendiya tayinlash va to‘lashni amalga oshiruvchi stipendiya komissiyalari ishini tashkil etish 21. Stipendiya to‘lash uchun stipendiya komissiyasi tavsiya etgan talabalarning ro‘yxatlari
oliy ta’lim muassasasi rektorining (filial direktorining) yoki uning vazifalarini bajaruvchi
shaxsning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
22. O‘zlashtirayotgan talabalarga stipendiya tayinlash o‘quv yilida ikki marotaba
o‘tkaziladi va stipendiya avvalgi semestr yakuniy nazorat natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, har
bir o‘quv semestri oyining birinchi kunidan boshlab tayinlanadi.
23. Davlat granti asosida ta’lim olayotgan, o‘quv semestri uchun o‘zlashtirish natijalari
bo‘yicha uzrsiz sabablarga ko‘ra akademik qarzi (bir yoki undan ortiq fanlar bo‘yicha 55 foizdan
kam reytingga) bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining talabalari keyingi o‘quv semestri oyining
birinchi kunidan boshlab stipendiya olish huquqidan mahrum qilinadi.
24. Belgilangan tartibda akademik qarzini bartaraf etgan (tegishli fanlar bo‘yicha 55 va
undan ortiq foiz to‘plagan) va fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizdan kam qismi
“qoniqarli” baho (reyting ko‘rsatkichi 71 balldan kam) bo‘lgan davlat granti asosida ta’lim
olayotgan talabalarga stipendiya akademik qarzni bartaraf etish muddati tugaganidan
keyingi oyning birinchi kunidan boshlab, stipendiyaning bazaviy miqdorida keyingi o‘quv
semestriga qadar tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang. 25. Kasalligi yoki tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadigan boshqa uzrli sabablarga ko‘ra,
akademik qarzi bo‘lgan talabalar akademik qarzlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan
muddatlarda bartaraf etgunlariga qadar stipendiyadan mahrum etilmaydilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 26. O‘quv rejasi asosida amalga oshirilgan malaka amaliyotlari va ta’tillar davrida
talabalarning stipendiya olish huquqi saqlanadi.
27. Pensiya oladigan talabalarga stipendiya umumiy asoslarda tayinlanadi.
28. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiya to‘lanmaydi.
Talaba akademik ta’tildan qaytganidan keyin unga stipendiya to‘lash stipendiyaning
bazaviy miqdorida joriy o‘quv semestrining oxiriga qadar tiklanadi (stipendiyasiz to‘lov-
kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar bundan mustasno).
1
1 1.
1 2
2