Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum



Yüklə 450,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix07.04.2023
ölçüsü450,67 Kb.
#94407
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
59-сон 31.01.2020. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

6-bob. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum
bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi
14. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum
bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi, jumladan, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalarga
stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga
amalga oshiriladi.
15. Avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’i
nazar to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan yetim bolalar va ota-ona
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga bazaviy stipendiya
miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bunda, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar, yetim bolalar va ota-ona
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni
rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan
50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli
qaroriga 
asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y.,
09/21/656/0996-son)
7-bob. Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasini shakllantirish va jamg‘arma mablag‘lari
hisobiga talabalarga moddiy rag‘batlantirishlarni tayinlash va to‘lash tartibi
16. Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi)
mablag‘laridan foydalanish, Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga talabalarni moddiy qo‘llab-
quvvatlash oliy ta’lim muassasasining kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq
amalga oshiriladi.
Jamg‘arma mablag‘laridan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan
talabalarga to‘lov qaysi shaklda (stipendiyali yoki stipendiyasiz) amalga oshirilishidan qat’i
nazar, belgilangan mezonlar asosida rag‘batlantirish to‘lovlari tayinlanadi.
17. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
tegishli moliya yilida oliy ta’lim muassasalarida stipendiya to‘lovlari uchun
rejalashtirilgan budjet mablag‘lariga nisbatan 10 foiz miqdoridagi mablag‘lar;
tegishli moliya yilida to‘lov-kontrakt bo‘yicha rejalashtirilgan tushumlarning 2 foizi
miqdoridagi mablag‘lar.
18. Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan (stipendiyali yoki
stipendiyasiz shaklda ekanligidan qat’i nazar), o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo” baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) bo‘lgan
talabalar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 20 foiz miqdorida Jamg‘arma hisobiga
rag‘batlantiriladi.
19. O‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirayotgan, alohida qobiliyat va iqtidor
egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va
to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha talabalar belgilangan stipendiyalarga nisbatan
qo‘shimcha 
ravishda 
Jamg‘arma 
mablag‘lari 
hisobiga 
50 
foizgacha 
miqdorda
rag‘batlantirilishi mumkin.
Bunda, oliy ta’lim muassasalarida stipendiyasiz to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan
va o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirayotgan talabalar qo‘shimcha ravishda
1
2

Yüklə 450,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin