Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. To‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalarga stipendiya tayinlash va to‘lash



Yüklə 450,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix07.04.2023
ölçüsü450,67 Kb.
#94407
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
59-сон 31.01.2020. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

3-bob. To‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalarga stipendiya tayinlash va to‘lash
tartibi
7. To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga o‘z xohishlariga ko‘ra, kontrakt
qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi.
Stipendiyali to‘lov-kontrakt tarkibiga bazaviy stipendiya miqdorining yillik summasi
kiritiladi hamda stipendiya yil mobaynida oyma-oy to‘lab boriladi.
8. Oliy ta’lim muassasalarida stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan
talabalarga o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar
bazaviy miqdordagi stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
9. Oliy ta’lim muassasalarida stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan
talabalarga stipendiyalar belgilangan tartibda ular tomonidan to‘lov-kontrakt summasi
to‘langanidan keyin beriladi.
4-bob. Nomli davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Beruniy, Ibn Sino,
Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov va Islom
Karimov nomli davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlash Vazirlar
Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish
to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura bosqichi
talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni
tayinlash tartibi to‘g‘risidagi 
nizom
hamda Bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi
to‘g‘risidagi 
nizomda
 belgilangan tartiblar asosida amalga oshiriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-
noyabrdagi 674-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y.,
09/21/674/1029-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Nizom Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini oluvchi talabalarga
stipendiyalar tayinlash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 691-sonli
qaroriga 
asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
07.11.2020-y., 09/20/691/1474-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda nomli davlat stipendiyalari
sohiblariga talabalar uchun belgilanadigan stipendiyalar tayinlanmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli
qaroriga 
asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y.,
09/21/656/0996-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
10 . Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish
imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball to‘plagan
abituriyentlarning 200 nafari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan
moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti grantiga da’vogar bo‘ladi va Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra
g‘olib bo‘lgan ushbu toifadagi talabalarga ikkinchi kursning o‘quv yili boshidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tayinlanadi va to‘lanadi.
10 . “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, oliy ta’lim
muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida davlat granti yoki to‘lov-kontrakt
asosida ta’lim olayotgan talaba-qizlar uchun oliy ta’lim muassasalarining Talabalarni
rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Qizlar uchun maxsus
stipendiya (keyingi o‘rinlarda – Maxsus stipendiya) beriladi.
Maxsus stipendiya o‘quv semestri yakuni natijalariga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a’lo” baho bo‘lgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”
axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) orqali kam ta’minlangan oila deb
e’tirof etilgan oiladan bo‘lgan talaba-qizlarga (keyingi o‘rinlarda — talaba-qizlar) tayinlanadi va
to‘lanadi.
Maxsus stipendiyani to‘lash to‘g‘risidagi qaror “Yagona reyestr” AT orqali kam
ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida oliy ta’lim muassasasi
kengashi tomonidan tasdiqlanadi va oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) buyrug‘i
asosida rasmiylashtiriladi.
Maxsus stipendiya talaba-qizlarga oliy ta’lim muassasalarida umumiy shartlarda
beriladigan stipendiya saqlab qolingan holda stipendiyaning bazaviy miqdorida qo‘shimcha
tarzda oyma-oy to‘lanadi.
Maxsus stipendiyani to‘lash o‘quv semestri natijalariga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha uning
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a’lo” baho bo‘lgandagina davom ettiriladi.
Maxsus stipendiyani to‘lash quyidagi hollarda kelgusi o‘quv semestridan boshlab
to‘xtatiladi:
1
2

Yüklə 450,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin