59-сон 31.01.2020. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
2-bob. Davlat granti asosida ta’lim oluvchi talabalarga stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi 4. Oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida o‘qitishning kunduzgi shaklida ta’lim
oluvchi talabalarga stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti
mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Birinchi kurs talabalariga o‘quv yilining 1-semestri yakuni bo‘yicha fanlardan
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (baholari) ma’lum bo‘lgunga qadar stipendiyaning bazaviy
miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
6. Avvalgi o‘quv semestri natijalariga ko‘ra stipendiyalar:
a) quyidagi tartibda tayinlanadi va to‘lanadi:
barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a’lo” baho (reyting ko‘rsatkichi —
86 ball va undan yuqori) bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20 foizga
oshirilgan holda;
fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizidan kam qismini “qoniqarli” bahoga
(reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) o‘zlashtirayotgan talabalarga — stipendiyaning bazaviy
miqdorida;
b) fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi va undan ortiq qismi “qoniqarli”
baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) bo‘lgan talabalarga (to‘liq davlat ta’minotida
bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi
hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno) navbatdagi o‘quv
semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida 1-ILOVA Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar