Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 450,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/22
tarix07.04.2023
ölçüsü450,67 Kb.
#94407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
59-сон 31.01.2020. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

chiqqan holda to‘lanadigan
stipendiyalar MIQDORI
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi
Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan
deb hisoblanayotgan qarorlari
RO‘YXATI
Излаш



1/27/23, 9:45 PM
59-сон 31.01.2020. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4725554#-4727760
2/9
3. Quyidagilar:
Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
nizom 
1-ilovaga
 muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlari 
2-
ilovaga
 muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida ta’lim olayotgan “a’lo” (reyting
ko‘rsatkichi — 86 ball va undan yuqori) hamda “yaxshi” (reyting ko‘rsatkichi — 71 ball va undan
yuqori) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan talabalarga tajriba-sinov tariqasida 2019-yil 1-
sentabrdan 2020-yil 1-fevralga qadar haqiqatda to‘langan hamda Vazirlar Mahkamasining
“Oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalar to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 2001-yil 17-
avgustdagi 344-son 
qarori
 asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan miqdorlar orasidagi tafovut tizimida
oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarga 2020-yil uchun ajratilgan O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari doirasida qoplanadi;
2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining davlat granti asosida ta’lim olayotgan
bitiruvchi kurs talabalari uchun 2020-yil 1-fevraldan boshlab stipendiyalar, istisno tariqasida,
talabalarning o‘zlashtirish baholaridan kelib chiqqan holda 
3-ilovaga
muvofiq to‘lanadi;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi nomli davlat
stipendiyalari sohiblari, 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim
bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga
stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga
amalga oshirilishini inobatga olib, ularga tegishli o‘quv yili uchun kontrakt qiymati miqdorini
stipendiyasiz shaklda to‘lash imkoniyati yaratiladi;
respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida yashash
guvohnomasiga yoxud investitsiya vizasiga ega bo‘lgan xorijiy investorlar, shuningdek,
ularning oila a’zolari oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganda O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda stipendiya olishga haqlidirlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Beruniy, Ibn Sino,
Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov va Islom
Karimov nomli davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlashda Vazirlar
Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish
to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son 
qarori
bilan belgilangan tartiblar saqlab qolinsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-
noyabrdagi 674-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y.,
09/21/674/1029-son)
Bunda, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab nomli davlat stipendiyalarini to‘lash bilan bog‘liq
xarajatlar talabalarning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganidan qat’i
nazar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanishi inobatga
olinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi bilan
birgalikda oliy ta’lim muassasalarida stipendiyalar tayinlashni yanada takomillashtirish
yuzasidan, jumladan ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya qilgan holda talabalarga “ijtimoiy” va
“akademik” stipendiyalarni joriy etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi asoslangan takliflarni
2020-yil 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
4-ilovaga 
muvofiq ayrim qarorlari
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki
(smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 21-
noyabrdagi 930-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 11-son, 267-modda) 1-ilovaning 
12-
bandi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi)
ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchisiga ko‘chirishga ruxsat beriladi”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va
idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda
ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va
sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.

Yüklə 450,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin