Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida


-bob. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə15/21
tarix14.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#178155
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
393- sonli qaror (4)

3-bob. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish
15. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘qishini ko‘chirish (keyingi o‘rinlarda Talabalar o‘qishini ko‘chirish deb ataladi) bo‘yicha arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish quyidagicha amalga oshiriladi:
o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi;
arizalarni oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 5-avgustdan 30-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Talabalar o‘qishini ko‘chirish uzrli sabablarga ko‘ra (bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda:
o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish — har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar;
o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.
16. Talabalarning o‘qishini ko‘chirish haqidagi arizalari mos ravishda:
ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan — oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga topshiriladi;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.
Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar o‘qishini ko‘chirish haqidagi arizalarni mazkur Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida shakllantirib Idoralararo komissiyaga va vazirliklar (idoralar)ga qaror qabul qilish uchun yo‘llaydi.
17. O‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ko‘chirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari, ko‘chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;
pasportning nusxasi.
18. Talabalar o‘qishini ko‘chirish haqidagi arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha ariza ko‘rib chiqilib, oliy ta’lim muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga shaxsan ma’lum qilinadi;
ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar tegishli vazirlik (idora) tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga ma’lum qilinadi;
ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar Idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.
Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda, tegishli vazirlik (idora) oliy ta’lim muassasasiga belgilangan shaklda xat yo‘llaydi.
Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha arizalar ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda, Idoralararo komissiya oliy ta’lim muassasasiga belgilangan shaklda xat yo‘llaydi.
19. Tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiyaning xati asosida oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan o‘qishi ko‘chirilayotgan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasiga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.
20. So‘rovnoma olingandan so‘ng, talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida buyrug‘i asosida uch kun muddatda talabaning shaxsiy yig‘ma jildi (ro‘yxati bilan) uni o‘qishga qabul qilgan oliy ta’lim muassasasiga jo‘natiladi yoki ariza bilan o‘qishi ko‘chirilgan talabaga beriladi.
Shaxsiy yig‘ma jild jo‘natilishi mumkin bo‘lmagan hollarda (yopiq yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash) oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik ma’lumotnoma talabani o‘qishga qabul qilgan oliy ta’lim muassasasiga jo‘natiladi.
21. Talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasida uning akademik ma’lumotnomasi, reyting daftarchasi, o‘quv kartochkasi, shuningdek jo‘natilayotgan hujjatlar ro‘yxatining nusxasi qoldiriladi.
22. O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisligi) bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Boshqa hollarda o‘qishni ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
23. Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolar tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarda tashkil qilingan komissiyalarda o‘zlari ta’lim olgan xorijiy oliy ta’lim muassasasidagi o‘qitish tili bo‘yicha muayyan ta’lim yo‘nalishidagi o‘qishga kirish fanlari bo‘yicha maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) (turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini o‘tash joyi Tashqi ishlar vazirligi (vakolatli idoralar) tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda oliy ta’lim muassasalariga ega vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlar bundan mustasno) topshiradi.
Fuqaroning maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasi Idoralararo komissiyaga taqdim etiladi. Maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasidan kelib chiqib, fuqaro Idoralararo komissiya qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga ko‘chiriladi.
Ko‘chirilayotgan oliy ta’lim muassasasida tegishli o‘qitish tili mavjud bo‘lmasa, o‘qitish tilini tanlash fuqaroning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Oliy ta’lim muassasasi rektorining talabani talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaxsiy yig‘ma jildi (shaxsiy yig‘ma jild jo‘natilishi mumkin bo‘lmagan hollarda — akademik ma’lumotnomasi) olinib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirgandan so‘ng 10 kun muddat ichida chiqariladi.
25. O‘quv rejalardagi fanlari bo‘yicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinadi.
Joriy semestr davomida akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab, oliy ta’lim muassasasi rektorining talabaga o‘rnatilgan tartibda stipendiya berish haqidagi buyrug‘i chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar bo‘yicha farqlarni topshirish ko‘rsatkichlari ham hisobga olinadi.
26. Oliy ta’lim muassasasida yuridik shaxs bilan tuzilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini ko‘chirish ushbu yuridik shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin