3-bob. Idoralararo komissiya faoliyatini tashkil etish 9. Idoralararo komissiyaning raisi va mas’ul kotibi Davlat komissiyasi qarori bilan tayinlanadi. Idoralararo komissiyaga rais boshchilik qiladi, uning vakolatlariga:
Idoralararo komissiya samarali ishlashini ta’minlash;
yuklangan vazifalar bajarilishi bo‘yicha Idoralararo komissiya a’zolari ishini muvofiqlashtirish;
Idoralararo komissiya ish reglamentini tasdiqlash;
Idoralararo komissiyaning kun tartibini belgilash va uning majlislarini chaqirish;
Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish kiradi.
Idoralararo komissiya raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti Idoralararo komissiyaning Ishchi organi (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
11. Ishchi organ:
Idoralararo komissiya majlislariga zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Idoralararo komissiyaning qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilishni va monitoring olib borilishini tashkil etadi va ularning natijalarini ko‘rib chiqish uchun Idoralararo komissiyaga taqdim etadi;
Idoralararo komissiyaning bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Idoralararo komissiyaning a’zolariga tegishli qismi bo‘yicha tegishli Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralarga, oliy ta’lim muassasalariga yuboradi;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralardan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni belgilangan tartibda oladi;
Idoralararo komissiyaning ish yuritishini ta’minlaydi;
Idoralararo komissiyaning qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
12. Idoralararo komissiya o‘z faoliyatini Idoralararo komissiyaning ish reglamentiga va kun tartibiga muvofiq majlislarni tizimli asosda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Idoralararo komissiya majlislari manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari taklif etilgan holda, zaruriyatga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladi.
Majlisni Idoralararo komissiya raisi, u bo‘lmaganda Idoralararo komissiya raisining o‘rinbosari o‘tkazadi.
Idoralararo komissiya a’zolari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar, oliy ta’lim muassasalarini talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatining qonuniyligi, xolisonaligi, ochiq-oshkoraligini ta’minlash sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan Idoralararo komissiyaning ishiga ko‘maklashadilar, qonun hujjatlariga va Idoralararo komissiyaning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
13. Idoralararo komissiyaning qarorlari Idoralararo komissiyaning majlisda ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga bog‘liq ravishda Idoralararo komissiyaning majlisiga ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
14. Istisno hollarda qarorlarni tezlikda qabul qilish maqsadida Idoralararo komissiyaning raisi ayrim masalalar bo‘yicha Idoralararo komissiyaning qarorlarini so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashga haqlidir.
15. Idoralararo komissiyaning qarorlari uning majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Idoralararo komissiya majlisining bayonnomasiga uning barcha a’zolari tomonidan viza qo‘yiladi, mas’ul kotib tomonidan imzolanadi, Idoralararo komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Idoralararo komissiya bayonnomasining asl nusxasi va unga tegishli materiallar Ishchi organda saqlanadi.
16. Idoralararo komissiya o‘z faoliyatini uning yangi tarkibi tasdiqlanguniga yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining uning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinguniga qadar amalga oshiradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 545-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/914/0255-son, 12.01.2018-y., 09/18/18/0550-son, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)