Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida


Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashni amalga oshirish



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə19/21
tarix14.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#178155
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
393- sonli qaror (4)

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashni amalga oshirish
TARTIBI

Izoh: Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashni amalga oshirish muddatlariga O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari, funksiyalari va huquqlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga, Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markaziga, harbiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
3. Idoralararo komissiya kollegial maslahat organi hisoblanadi.
4. Idoralararo komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
5. Idoralararo komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar, oliy ta’lim muassasalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi, ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatib o‘tilganlar bundan mustasno.
6. Idoralararo komissiyaning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi. Idoralararo komissiyaning tarkibiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar vakillari kiradi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin