Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə31/82
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#194439
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash

Oson (reproduktiv) (I)-talabalar tomonidan o‘quv materiali qayta ishlanmasdan, ularning xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, hodisa, voqea, qonun va atamalarning mohiyatini bilishni talab qiladigan daraja;


  • O‘rtacha qiyin (produktiv) (II)-talabalardan ob’ektlarni tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, bir nechta qonun va qonuniyatlarni bir vaqtda qo‘llab, umumlashtirish orqali xulosa yasashni talab qiluvchi daraja;


  • Qiyin (qisman-izlanishli) (III)-talabalar tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash, ob’ektlarni tahlil qilish, sintezlash, qiyosiy taqqoslash, qonun va qonuniyatlarni qo‘llab, umumlashtirish orqali xulosa yasashni talab qiluvchi daraja;


  • Eng qiyin (kreativ) (IV)-talabalar tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni kutilmagan vaziyatlarda vujudga keltirilgan o‘quv muammolarni hal etishda qo‘llash, tahlil, sintezlash, qiyosiy taqqoslash,

    umumlashtirish, xulosa yasash kabi aqliy operastiyalarni bajarishni talab qiluvchi daraja;


    • Test topshirig‘ining savoli aniq, lo‘nda, qisqa ifodalangan bo‘lishi, unda zaruriy muhim ma’lumotlar keltirilishi, keraksiz, ortiqcha so‘zlarni ishlatmaslik, shuningdek, savol ikki xil ma’noni anglatmasligi kerak.


    • Standart test topshirig‘ining javobi to‘rtta bo‘lib, ulardan bittasi mutlaq to‘g‘ri bo‘lishi, muqobil javoblar orasida “javoblarning barchasi to‘g‘ri”, “javoblarning barchasi noto‘g‘ri”, “to‘g‘ri javob yo‘q”, “to‘g‘ri javob A va V” yoki “to‘g‘ri javob S va D” kabi iboralar ishlatilmasligi kerak.


    • Test topshirig‘ining javoblari ham, noto‘g‘ri javoblari ham bitta mavzu doirasida bo‘lishi, shakl jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lishi, to‘g‘ri javob shaklan ajralib turmasligi, muqobil javoblar variantlarida so‘zlarni keraksiz takrorlamaslik, shuningdek, tushunarli, aniq va qisqa bo‘lishi, asosli ravishda tanlanishi talab etiladi.


    • Test topshirig‘i savolida to‘g‘ri javobni topishga yordam beruvchi so‘z va iboralar ishlatilmasligi, orfografik va grammatik xatolarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.


    • O‘quv kurslari bo‘yicha DTM topshiriladigan test topshiriqlarining soni


    200 tadan kam bo‘lmasligi, shaklan har xil va mazmunan bir xil test topshiriqlari bo‘lmasligi va takrorlanmasligi zarur. Test topshiriqlarining materiallari Microsoft Word dasturiga kiritishda klaviaturadagi belgilardan foydalanish, chizma va rasmli testlarni kiritish qat’iyan man etiladi.


    • Har bir test topshirig‘i o‘z pasportiga ega bo‘lishi ularni rasmiylashtirishda quyidagi jadvaldan foydalanish tavsiya etiladi.


    • Unda o‘quv kursining nomi, bob va bo‘lim raqami, test topshirig‘ining qiyinlik darajasi, to‘g‘ri javob variantidan oldin “*” belgisi qo‘yilishi, to‘g‘ri javob esa javob variantlarining birinchi ustunida joylashishi lozim. Testologiya-(inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, test-sinov), yunoncha logos-bilim)


    so‘zlari birikmasidan iborat.


    Testologiya fanlararo fan bo‘lib, ilmiy asoslangan va sifatli diagnostik o‘lchov metodikasi haqidagi fan sanaladi.
    Psixologiyada testologiyaning mazmuni asosan tabaqalashtirilgan psixometriyaning mazmuniga mos keladi.
    Testologiyaning prinstiplari va metodlari psixologiyaning chegarasidan chiqib, hozirgi kunda pedagogika, tibbiyot, texnika,
    menedjment sohalarida ham muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
    Testologiyani qo‘llashda umumiy xususiyatlar: test topshiriqlarini tuzish metodikasi, samaradorlik, variativlik, ishonchlilik, validlik bilan bir qatorda har bir fan sohasining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, fanning ta’lim mazmuni, testlarning mantiqiy tuzilishi, test sinovining o‘tkazilish maqsadi, kasbiy va umumta’lim bilimlarni nazorat qilish va baholash tartibi va o‘lchovi ham e’tiborga olinishi lozim.
    Hozirgi zamon testologiya fani amaliy fan bo‘lib, tadqiqotchilar oldiga nazariy muammolar, matematik yondoshuvlar, model va metodlarni tavsiya etmoqda. Test metodining keng tarqalishi, rivojlanishi va takomillashuviga uning quyidagi afzalliklari:
    • Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim, ko‘nikma va malakalariga aniq baholash imkonini beradi;


    • Ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etgan ko‘psonli respondentlarning fikr va mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mav jud;


    • Talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni ob’ektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan sub’ektivizmga yo‘l qo‘yish oldini oladi.


    • Turli guruh respondentlaridan olingan ma’lumotlarni qiyosiy-statistik tahlilini o‘tkazish imkon berishi kabilar zamin yaratgan.


    Test topshiriqlarining yalpi joriy etishdan avval, tanlangan maqsadli guruhda sinovdan o‘tkazish, olingan natijalar va baholashning ob’ektivligi tahlil qilinishi lozim.


    Olingan natijalar va testlarning maqsadga muvofiqligi quyidagi mezonlar

    bo‘yicha tahlil qilinadi:


  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin