Talabalarda ijodiy faoliyat tajribalarini tarkib toptirish va rivojlantirishda o‘quv kurslari mazmunidan o‘rin olgan Keys-stadi
topshiriqlari va qiyinlik darajalari produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy (kreativ) testlar muhim o‘rin tutadi. Shuni qayd etish lozimki, professor- o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetenstiyalarini nazorat qilish va baholashda kvalimetriyaning asosiy metodlaridan biri, test topshiriqlaridan foydalanish, nazorat tarkibiga standart va nostandart test topshiriqlari kiritishi lozim.
Yuqoridagi fikrlar e’tiborga olingan holda talabalar tomonidan ta’lim mazmunining barcha tarkibiy qismlarini o‘zlashtirish darajasini aniqlashda standart test topshiriqlari bilan bir qatorda nostandart test topshiriqlaridan foydalanish zarurati kelib chiqmoqda.
Talabalar tomonidan ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlarini aniqlashda foydalaniladigan nazorat turlaridan biri test topshiriqlari bo‘lib, ularni maqsadga muvofiq hola shakllantirish va o‘z o‘rnida foydalanish uchun mazkur jarayonning nazariy asoslarini bilish zarur.
Ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi va uning samaradorligini aniqlashda o‘tkaziladigan nazorat va uning turlarini xilma-xillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni yaxlit sistema bo‘lib, uning tashkil etilishi, borishini nazorat qilish, olingan natijalarga muvofiq avvalo o‘qituvchining pedagogik faoliyatini tahlil etish, Reyting tizimiga muvofiq talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalaridagi tipik kamchiliklarni aniqlash va ularni korrekstiyalash yo‘llarini belgilashni taqoza etadi.
Talabalarning o‘quv rejadan o‘rin olgan kurslar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va baholashda nazorat turlaridan biri test topshiriqlari sanaladi.
Test topshiriqlari didaktik materiallar sirasiga mansub bo‘lib, u quyidagi funkstiyalarni amalga oshiradi: