Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni.
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni o‘rganilayotgan ob’ektning xususiyatlarini o‘zida to‘liq aks ettirib, u talabalar tomonidan mazkur xususiyatlarni aniqlash uchun bajaradigan aqliy operastiyalariga ko‘ra:
Reproduktiv daraja;
Produktiv daraja;
Qisman-izlanishli daraja;
Ijodiy (kreativ) darajada bo‘lishi mumkin.
Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari talabalarning tomonidan yodda saqlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni tanish odatiy vaziyatda axborotlarni qayta ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi. Bu darajada tuzilgan testlar talabalar tomonidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniq baholash imkonini bermaydi.
Produktiv darajada tuzilgan test topshiriqlari talabalar tomonidan o‘rganilgan ob’ektlarni qiyoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi.
Qisman-izlanishli darajadagi test topshiriqlari talabalar tomonidan o‘rganilgan ob’ektlarning xususiyatlarini boshqa ob’ektga ko‘chirish, mazkur ob’ektlarni taqqoslab, keyingi ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlari haqida xulosa chiqarish, qisman izlanish olib borishni talab etadi. Talabalar tomonidan mazkur darajadagi test topshiriqlariga javob berishda avval o‘zlashtirilgan bilimlar yangi vaziyatlarga ko‘chiriladi.
Ijodiy (kreativ) darajada tuzilgan test topshiriqlari talabalar tomonidan ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, mazkur test topshiriqlarini bajarish jarayonida talabalar tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashni talab etadi.
Dastlabki reproduktiv va produktiv darajadagi test topshiriqlari o‘quv fan bo‘yicha tasdiqlangan DTS ining minimal darajasiga, qisman-izlanishli va ijodiy (kreativ) darajadagi test topshiriqlari DTSining maksimal darajasiga mos tuzilishi zarur.
|