Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə77/82
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#194439
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash

Savollar:

  1. Fakultet ilmiy Kengashi ushbu masalani o‘rganish va tahlil qilishda qanday xatoga yo‘l qo‘ydi?


  2. Ushbu masala qanday o‘rganish lozimligi haqida tavsiya ishlab chiqing.


  3. Siz qanday fikrdasiz, Ilmiy kengash yig‘ilishi to‘g‘ri qaror qabul qildimi?


  4. Siz ushbu muammoni qanday hal etgan bo‘lardingiz?


Tinglovchilarga tavsiya etiladigan manbalar:

O‘zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi, “Inson huquqlari deklarastiyasi”, O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalari Nizomi, Pedagogik kvalimetriya.


Tinglovchilar uchun ko‘rsatmalar:

  1. Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.


  2. Muammoning echimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.


  3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.


  4. Ana shu omillar asosida echimni asoslashga harakat qiling.


  5. O‘z fikringizni bayon eting.


Keysni echish jarayoni:

  1. Tinglovchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qiladi.


  2. Tinglovchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.


  3. Muammoni hal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.


  4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.


  5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.


O‘qituvchining echimi

O‘zbekiston Respublikasining “Oliy ta’lim muassasi Nizomi”da “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” tanloviga nomzodlarni tanlashda ijodkor, yangilikka intiluvchan va pedagogik jarayonga innovastiyalarni joriy etgan ustozlarga e’tibor qaratish lozimligi ko‘rsatilgan.


Birinchi ustozning talabalarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini standart test topshiriqlari bilan yuzaki baholagan va olingan natija amalda o‘zini oqlamasligi aniq. Bu holatda ikkinchi ustoz tomonidan talabalarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini nostandart test topshiriqlari bilan baholaganligi uning ijodkorligini bildiradi va erishilgan natijaning ishonchliligi yuqori.

Ilmiy kengash yig‘ilishi to‘g‘ri qaror qabul qilishi uchun mazkur jarayonni chuqur o‘rganishi, integrativ nostandart test topshiriqlari asosida talabalar bilimini aniqlashi lozim edi.



  • Yüklə 0,6 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin