Universitet shaklidagi turli darajadagi uyushmalari, taʼlim muassasalari, davlat unitar korxonalari
Davlat unitar korxonalari, oliy taʼlim muassasalari, Savdo-sanoat palatasi, kichik va o‘rta biznes uyushmalari
Jahon mehnat bozorida kadrlar yetkazib berishning samarali vositasi sifatida Autsorsing raqobatbardosh deb tan olingan. Adekvat javobini, sifat kafolatlari va raqobatbardoshligini shakllantirish uchun iqtisodiyot va mehnat bozorlari ehtiyojlarini taʼminlaydigan tegishli hamkor vositalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Tahlillarga ko‘ra, mamlakat taʼlim tizimida autsorsingni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida davlat boshqaruvi organlari, oliy taʼlim muassaslari va boshqa mustaqil jamoat birlashmalari o‘rtasida tegishli vakolatlarni o‘zaro taqsimlash bo‘yicha shartnomalarni markazlashtirilishi hisoblanadi. Bunda oliy taʼlim muassasalarining kasbiy yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha ixtisoslashuvi jarayonlari chuqurlashadi.
Shunday qilib, oliy taʼlim xizmatlari bilan mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatalarda autsorsingni joriy etish tadbirkrlik sohasida intellektual salohiyatning ortishi, iqtisodiyot tarmoqlarida yangi qo‘shilgan qiymatlarning yaratilishi, jamiyat turmush farovonligini oshirishi bilan birgalikda oliy taʼlim tizimini rivojlantirish strategiyasida ko‘zlangan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishish imkonini beradi. Taraqqiy etgan amaliyoti tahliliga ko‘ra, ushbu mamlakatlarda har 72 soatda iqtisodiyot tarmoqlaridagi bilimlar hajmi qariyb ikki barobarga ortadi. Jumladan, rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorida band bo‘lgan oliy maʼlumotli hodimlarning 55 foizi har yili o‘z kasbiy malakasini oliy taʼlim muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar orqali oshirib boradi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotida bilimni tijoratlashtirish orqali barqaror innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishning muhim sharti hisoblanadi. Bunday natijaga erishilishida oliy taʼlim xizmatlari va mexnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda autsorsingni muvaffaqqiyatli joriy etilishi katta ahamiyat kasb etadi.