Adabiyotlar tahlili Xorijlik va mahalliy iqtisodchi olimlar ilmiy tadqiqot ishlaridan oliy taʼlim tizimida autsorsingdan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari mexanizmi va o‘zaro munosabatlarini ayrim jihatlari tadqiq etilgan. Iqtisodchi V.Sinyaevning tadqiqot ishlarida qurilish xizmatlarida logistika xizmatlarida autsorsingni zamonaviy marketing konsepsiyalariga bag‘ishlangan[2, b. 324]. S.Lepixinaning ilmiy ishlarida professional taʼlim tizimida autsorsingni o‘rni va ahamiyati o‘rganilgan[3, b.163].
N. D. Klikunov, V. L. Shapovalovlarning tadqiqot ishlarida oliy taʼlim muassasasida markazsizlashtirish, nazorat qilish va autsorsingning rolini tahlil etadi va ulardan oliy taʼlimda boshqaruv tizimini samarali boshqarish usullaridan biri sifatida foydalanishni taklif etgan[4, b. 35-42].
Rossiyalik iqtisodchi olim R.S.Kruchininaning “Konseptualnыe osnovы privedeniya sistemы obrazovaniya k zaprosam, potrebnostyam rыnka truda” nomli o‘quv qo‘llanmasida taʼlim tizimidagi autsorsing munosabatlari kompitensiyalarni shakllantirish vositasi sifatida uning mohiyati, modellari va ahamiyati yoritib berilgan[5, s. 26-34].
Tahlil va natijalar Tahlillarga ko‘ra, oliy taʼlim xizmatlari va mehnat bozori o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zaro rivojlanishi jarayonlarida autsorsing oliy taʼlim muassasalari bilan ish beruvchi yoki isteʼmolchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq ixtisoslashuvni kuchaytirish orqali tashqi manbalardan foydalanish samaradorligini oshirishni anglatadi. Jumladan, taʼlim autsorsingini o‘z amaliyotiga joriy etgan oliy taʼlim muassasasi o‘zining ichki imkoniyatlaridan yuqori darajada samarali foydalanish hisobiga hamkorlik aloqalarini rivojlantirish imkonini beradi. Shu bilan birgalikda, oliy taʼlim xizmatlariga autsorsing munosabatlarini joriy etilishi bitiruvchilarning bandligini oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Taʼlim autsorsingi – bu taʼlim tizimi uchun tashqi resurslarni jalb etishning innovatsion usuli va taʼlim texnologiyasi, yangi iqtisodiy amaliyotda ishlaydigan yo‘naltirilgan taʼlim muhiti hisoblanadi.
Taʼlim sohasida noodatiy funsiyalar turlari ortib bormoqda. Ushbu funksiyalarni bajarish ixtisoslashgan xususiy tashkilotga o‘tkazilib, autsorsing qilinmoqda.
Taʼlim sohasida autsorsing obʼektlari quyidagilar hisoblanadi:
taʼlim muassasalariga yaqin bo‘lgan binolarni hududlarini tozalash xizmatini ko‘rsatish tashkil etish;
oliy taʼlim muassasalari obʼektlariga texnik xizmat ko‘rsatish;
oliy taʼlimni tashkil etishda transport xizmatini ko‘rsatish;
oliy taʼlim muassasalari xodimlariga maishiy xizmat ko‘rsatish;
oliy taʼlim muassasalariga axborot xizmati va boshqalar.
Taʼlim autsorsingi mohiyati shundaki, taʼlim muassasi barcha ichki resurslarni asosiy yo‘nalishlarga qaratish imkoniyatini oladigan taʼlim faoliyatidir. Bu boshqalarni qo‘llab-quvvatlash orqali mumkin vazifalarni professional hamkor autsorser, yaʼni taʼlim subʼektlariga xizmat ko‘rsatuvchi provayder uchun vazifalarni nazorat qilish huquqini va erishish yo‘llari haqida xabar beradi.
Bir martalik epizodik bo‘lgan oddiy xizmat va qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan farqli o‘laroq kasbiy taʼlim autsorsing funksiyalari oliy malakali professionallar tomonidan uzatiladi hamda vazifalari amaliy yo‘naltirilgan taʼlim va uning infratuzilmasi uzoq muddatli shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bu autsorsing bo‘yicha xizmatlar oluvchining professional moslashuvi darajasini oshirishga, asosiy vakolat sifatlarini yaxshilashga va infratuzilmani rivojlantirishiga va ixtisoslashgan kompetensiyalarini rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Taʼlim rivojlanishining ushbu bosqichida yangi taʼlim muassasalarining mintaqaviy darajasini yaratish kerak. Sohada taʼlim autsorsingi modelini ishlab chiqish va eksperimental sinovdan o‘tkazish, kichik biznes, moliyaviy savodxonlik va isteʼmol bilimlari uning maqsadi bo‘lishi kerak. Bunday “Amaliy iqtisodiyot va tadbirkorlik” innovatsion tuzilmasi taʼlim autsorsingi markazi bo‘lishi mumkin. Markazning vazifalari quyidagilardan iborat:
taʼlim tizimlari va jarayonlarida pedagogik xodimlar va o‘qituvchilarning raqobatini taʼminlash;
oliy taʼlim muassasalarida iqtisodiy-amaliy yo‘naltirilgan taʼlim muhitini yaratish;
aholining turli guruhlari uchun mavjud ijtimoiy va iqtisodiy taʼlim dasturlarini to‘liq bozorini yaratish;
barcha hududlarda iqtisodiy taʼlim xizmatlarining tarqalishini kengaytirish.
Taʼlim autsorsingining natijasining o‘sishida, butun iqtisodiyotda taʼlim tizimi samaradorligining intelektual kapitali foydalanishida ifodalanadi. Autsorserlarning qiziqishi, obʼyektlar funksiyalarining muhim qismi hisoblanadi.