4-jadval
Oliy taʼlim muassasasida autsorsingni tashkil etish yo‘nalishlari3
Autsorsing turi
|
Autsorsing vazifalari
|
Masʼul oliy taʼlim muassasasi bo‘limi
|
Huquqiy
|
- oliy taʼlim muassasasi, jumladan, fakultetlar, kafedralar faoliyatining qonunga muvofiq amalga oshirilishi yuzasida huquqiy asoslarni shakllantirish va ularni himoya qilish
|
Yuridik bo‘lim, OTM yuristi
|
Moliyaviy
|
- OTMning buxgalteriya hisobini yuritish;
- OTM faoliyatini iqtisodiy jihatdan tahlil qilish (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi nisbatlarni baholash);
- OTMning moliyaviy faoliyatini nazorat qilish;
- OTM hodimlari, ishchilari va professor-o‘qituvchilariga ish haqi to‘lash;
- OTMning moliyaviy resurslarini nazorat qilish va ularni boshqarish
|
OTM buxgalteriya bo‘limi
|
Marketing
|
- marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;
- ish beruvchilar bilan bitiruvchilarni tayyorlash va ularni bandligini taʼminlash bo‘yicha o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish;
- mehnat bozoridagi ishchi kuchiga va uning kasbiy malakasiga bo‘lgan talablarni tadqiq etish;
- OTMni reklama qilish
|
Marketing bo‘limi
|
Kadrlarni boshqarish
|
- OTM personalini shakllantirish, yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni izlab topish va ularni ishga yollash;
- OTMda faoliyat yuritayotgan hodimlar va professor-o‘qituvchilarning malakalarini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish;
|
Kadrlar bilan ishlash bo‘limi
|
Talabalarni o‘qitish
|
- talabalarga o‘qitiladigan fan dasturlarini ish beruvchilar bilan o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash;
- talabalarga o‘qitilayotgan fanlarni bevosita amaliyot bilan bog‘liqligini taʼminlash;
- talabalar bilimini nazorat qilish va uni baholab borish;
- talabalarning malakaviy amaliyotlarini bevosita ish beruvchi korxonalar bazalarida tashkil etish
|
Fakultetlar
|
Fikrimizcha, keyingi yillarda mamlakatimiz oliy taʼlim xizmatlari bilan mehnat bozorlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va ularning uzoq muddatli istiqbolda barqaror rivojlanishini taʼminlashda oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga autsorsingni joriy etish lozim bo‘ladi. Bunda oliy taʼlim muassasalarida autsorsing faoliyatlarini moliyaviy, kadrlarni boshqarish, talabalarni o‘qitish, marketing va yuridik sohadagi yo‘nalishlarini umumlashgan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz (4-jadval). Bu orqali oliy taʼlim xazmatlari bilan mehnat bozori o‘rtasida autsorsing munosabatlarini kompleks rivojlantirishga erishiladi.
Taklif etilayotgan oliy taʼlim muassasasida tashkil etish yo‘nalishlarida oliy taʼlim muassasasining yuridik, baxgalteriya, marketing, kadrlar bo‘limlari va fakultetlarining o‘zaro mutanosiblikdagi faoliyati taʼminlanishi lozim bo‘ladi.
Xulosa o‘rinda aytish mumkinki, keyingi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim xizmatlari bilan mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishda autsorsingni joriy etish uzoq muddatli istiqbolda oliy taʼlim xizmatlarini rivojlantirish bilan birgalikda muhnat bozoridagi yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni samarali qondirish imkoniyatini yaratadi. Jumladan, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi ortib, oliy taʼlim muassasalarining xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: |