15-variant
1.
52 ta kartali dastadan tavakkaliga uchtasi olinadi. Ularning “3”, “7” va “tuz” bo‘lishi
ehtimoli qanday?
2.
Talaba darsdan so‘ng uyiga bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda har 20 minutda
keladigan yo‘nalishli taksida yoki har 30 minutda keladigan avtobusda ketishi mumkin.
Bekatga yetib kelgan talabaning 5 minut ichida uyiga jo‘nab ketishi ehtimolini toping.
3.
Biror mergan uchun bitta o‘q uzishda nishonga tegizishi ehtimoli 0,8 ga teng va o‘q
uzish tartibiga bog‘liq emas. 5 marta o‘q uzilganda nishonga rosa 2 marta tegishi ehtimolini
toping.
4.
Ikkita bombardimonchi samolyot nishonga tеkkuncha galma-galdan bomba
tashlaydi. Birinchi samolyotning nishonni aniq mo‘ljalga olish ehtimoli 0,7 ga, ikkinchisiniki
esa 0,8 ga tеng. Agar samolyotlarning har birida 2 tadan bomba bo‘lsa, tashlangan bombalar
sonidan iborat
X
diskrеt tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini toping.
Dostları ilə paylaş: