11-topshiriq. Lishayniklarni o’rganish namunalar yig’ish. Lishayniklar tabiatda juda keng tarqalgan. Chunonchi qoyalarda, toshlarda, unumsiz tuproqlarda daraxtlar po’stlog’ida, shuningdek, turli joylarda o'suvchi va yuksako'simliklaming o'sishi uchun zamin tayyorlaydi. Ulamingtanasi ham organlarga bo'linmagan. Tog’va cho'llarda ko'pincha yopishqoq lishayniklar o'sadi
Agar lishaynik tanasidan kesib olingan yupqa kesma mikroskop ostiga qo'yib qaralsa, uning chigallashib ketgan iplardan tashkil topganligi ko'rinadi. Bu zamburug'ning
vegetativ tanasi (mitseliysi)dir. Ip chigallari orasida och yashilsharga o'xshash hujayralar borligi ko'rinadi. Bular bir hujayrali suvo‘tlardir. Shunday qilib, bitta lishaynik organizmida ikkita o'simlik: zamburug' bilan suvo't birgalikda yashaydi.
Lishaynikdagi zamburug’ mitseliysi yomg'ir paytida suvni shimib olib,uni uzoq saqlaydi. Undantashqari, mitseliy o'zining iplari orqali toshlar yuzidagi suvda erigan mineral tuzlami ham so’rib oladi. Suvo'tlar esa zamburug' mitseliysi yig'ib qo'ygan suvni va havodan karbonat angidrid gazini oladi,ulardan esa yorug'lik ta’sirida organik moddalar hosil bo'ladi. Bu organik moddalar bilan zamburug' hujayralari oziqlanadi. Lishayniklar asosan sporalar va vegetativ yocl, ya’ni ocz
tanasining bo'linishi bilan ko'payadi.Tabiatda yopishqoq lishayniklardan tashqari yana bargsimon va shoxli (butasimon) lishayniklar ham bor. Bargsimon lishayniklaming tanasi bargga o'xshash yassi, pastki tomonining o'rtasi bilan jismga yopishgan. Shoxli lishayniklaming tanasi shoxlangan, jismdan koc~ tarilib yoki osilib turadi. Qanday lishaynik bo'lishidan qat’i nazar, ulaming tabiatda va xalq xo'jaligida ahamiyati katta. Undan tashqari, lishayniklar tuproq paydo bo'lishida
ishtirok etadi, chunki ulaming faoliyati natijasida vujudga keladigan kislotalar har qanday toshlami va togc jinslarininuratib, maydalab, tuproqqa aylantiradi. Shimolda, tundrada bug'u lishaynigi o'sadi. Shoxli (butasimon) lishayniklar qatoriga kiradigan bu kulrang lishaynik bug'ularning asosiy ozig'idir. Lishayniklaming kocp turlaridan dori-darmonlar, shuningdek, har xil atir va sovunlar tayyorlash uchun zarurbo'lgan xushbo'y moddalar olinadi.
Lishayniklar atmosfera havosining tozaligini ko'rsatib turadigan mezondir: shaharhavosi sanoat gazlari bilan qanchalik kocp ifloslangan bo'lsa, daraxtlamingpocstlog’ida lishayniklar shunchalik kam bo'ladi. Shunday qilib, lishayniklar simbioz organizmlar bo'lib,tabiatda juda keng tarqalgan. U tuproqning paydo bo'lish jarayonida alohida o‘rinni egallaydi.