9-topshiriq. Suvo’tlarni o’rganish, fikatsiya qilish va namunalar yig’ish. Suvo'tlar (tuban) ancha sodda tuzilgan o'simliklar bo'lib,ulaming tanasi ildiz, poya va barglarga bo'linmagan. Suvo'tlarorasida bir hujayrali va kocp hujayralilari ham bor. Ko’p hujayrali tuban o'simliklar tanasi qattana yoki tallom (ildiz,poya va bargga bo'linmagan tana) deb ataladi.Tuban o'simliklarning ko'pchiligi suvo'tlarga kiradi.
Suvo'tlar asosan suvda yashaydigan, hujayralarida xlorofilldonachalarini saqlaydigan va yorug'lik ta’sirida organik moddalar hosil qiladigan tuban o'simliklar.
Hozirgi vaqtda suvo'tlaming fanga ma’lum bo'lgan turlari 30000 ga yaqin bo'lib, ular orasida ko‘k-yashil, sarg‘ishyashil,yashil, qo‘ng‘ir, qizil va tilla rangli suvo'tlar bor. Bu suvo'tlaming hujayralarida xlorofilldan tashqari yana har xil
rang beradigan pigmentlar bor.Suvo‘tlaming suvdan tashqarida — zax tuproqlarda, semam sharoitda o'suvchi daraxtlar pocstlogcida, to'nkalarda, daryoyoqasidagi toshlar ustida o'suvchi turlari ham uchraydi.
Suvo'tlar orasida oddiy ko’z bilan deyarli kо‘rib bo’lmaydigan, bir hujayrali turlari bilan bir qatorda tanasi bir necha metr keladigan ko’p hujayrali turlari ham bor.
10-topshiriq. Zamburug’larni o’rganish, namunalarni yig’ish. Zamburug’laming vegetativ tanasi ildiz, poya va barglarga bo'linmagan. Ular ham sporalar bilan ko'payadi. Zambumg' hujayralarida plastidalar va xlorofill bo'lmaydi. Ularning
hujayrasi qobiq, protoplazma va mag'izdan iborat. Zambumg'lar xuddi bakteriyalarga o'xshash tayyor organik moddalar bilan saprofit yoki parazit holda oziqlanadi. Zamburug‘ laming vegetativ tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy gifa deb ataladigan ingichka ipchalar yig'indisidani borat. Mitseliy bir yoki kocp hujayrali hamda bir-ikki yoki
ko’p mag'izli bo'ladi. Voyaga yetgan ayrim zamburug' laming vegetativ tanasidan spora hosil qiluvchi qismi o'sib chiqadi. Bunga mevatanadeyiladi. Mevatana, odatda, oyoqcha va qalpoqchalardan iborat bo‘lib, ularda sporalar yetishadi.
Zamburug'lar vegetativ, jinssiz va jinsiy yocl bilan ko’payadi.
Yer yuzidagi zamburug'laming 100 mingdan ortiq turi fanga ma’lum. O'zbekistonda 3 mingga yaqin turi tarqalgan.